Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...
Bahriddin Zuhriddinov -... Bahriddin Zuhriddinov -...
Bexruz Tohirov - Yolg'z... Bexruz Tohirov - Yolg'z...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. TisMarHan-soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qo'rqmas - soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent hokimiyati vakili taksilarga lisenziya berish tartibi haqida gapirdi

Toshkent shahrida tegishli talablarga rioya qilinsa hamda barcha hujjat bor bo‘lsa, taksi parkida ishlash uchun lisenziya ikki ish kunida beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turi harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Mirzaev ma’lum qilgan. Jahon AA ushbu mutaxassis bilan tadbirdan ko‘zlangan maqsad, Toshkentda taksi xizmati faoliyatining boshqa jihatlari xususida suhbat uyushtirdi.
— Shuni ro‘y-rost aytish kerakki, noqonuniy taksichilar mamlakatimizdagi xususiy tadbirkorlikka oid qonun hujjatlariga zid holda ish yuritmoqda. Ularning ayrimlari nosoz avtomobillarda yo‘lovchilar, ya’ni sizu biz, yaqinlarimiz hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda tashuv xizmatlarini ko‘rsatishayapti.
Noqonuniy taksi haydovchilari oddiy yo‘lovchi uchun birlamchi xavfsizlik kafolatlarini ta’minlamaganligi uchun ham lisenziyalangan (yo‘nalishsiz) tashuvchilardan farq qiladi. Yo‘nalishsiz taksilar o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilikka binoan olib boradi va uning talablari buzilgan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
Lisenziya asosida faoliyat yuritayotgan taksiga chiqqan yo‘lovchi o‘zini xotirjam his qilishi mumkin. Chunki haydovchi garajdan chiqishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Jumladan, uning umumiy salomatligi, alkogol mahsulotlari iste’mol qilgan-qilmagani tekshiriladi. So‘ng shifokor yo‘l varaqasiga shtamp qo‘yadi. Shu joyga avtomobil transporti vositasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani haqida navbatchi mexanik tomonidan belgi qo‘yiladi. Mashinaning nafaqat sozligi, ayni paytda uning tashqi ko‘rinishi, sanitariya holati ham tekshiriladi. Bunday ish tutish xavfsizlik talablariga muvofiq transport xizmati ko‘rsatishni kafolatlash imkonini beradi.
Albatta, yo‘ldagi ehtimoliy vaziyatlarni oldindan aytib bo‘lmaydi. Ammo noqonuniy kirakashlardan farqli o‘laroq, yo‘nalishsiz taksichilar yo‘lovchi uchun javobgar bo‘ladi. Mijoz mashinaga o‘tirishidan boshlab, o‘z manziliga yetgunigacha uning sog‘lig‘i va hayoti 10 ming dollar ekvivalentiga teng miqdorda sug‘urta qilinadi. Bu narsalar bagaj va qimmatbaho buyumlarga ham taalluqlidir. Buyumlarning yo‘qolishi yoki ularning shikastlanishi ming dollargacha ekvivalent miqdorida sug‘urta bilan qoplanishini ko‘zda tutadi.
— Lisenziya olish uchun nima qilish kerak va buning haydovchi uchun qanday afzal jihatlari bor?
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan bajariladi.
Jismoniy shaxslar shahardagi mavjud taksi parklariga murojaat qilishi hamda ular bilan shartnoma imzolashi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng lisenziyalash jarayoni boshlanadi. Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat boji undiriladi. Shaharda harakatlanadigan to‘rt o‘rindiqli oddiy yengil avtomobil uchun yillik davlat boji to‘lovi miqdori 75 dollar ekvivalentiga teng. To‘lov Markaziy bankning o‘sha kundagi kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Shuni aytish kerakki, lisenziya ijaraga olingan avtomobillarga ham beriladi. Transport vositasi tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lgan yagona tanitadigan belgilar bilan jihozlanishi kerak. Tashqi belgilar guruhiga avtotransport vositasining tepasiga qo‘yilgan to‘q sariq rangli fonarga “TAXI” tanituvchi belgisini o‘rnatish, shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozisiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi “T” harflari, avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi, maxsus seriyadagi davlat raqami belgisi kiradi. Toshkent shahrida yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga “fil suyagi” rangidagi avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan ta’minlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: old oynaning yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog‘i, taksometr (hisoblagich), radioaloqa vositasi, avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi hamda tugashi, yo‘lkira qiymati, tashuvchining manzili va telefon raqami, lisenziya hamda sug‘urta haqida manbalar aks etgan ma’lumotlar tablichkasi.
Kerakli atributlarni xarid qilish xarajatlari taksi parklari tomonidan qoplanadi, mashinani belgilangan rangga bo‘yash esa avtotransport vositasi egasi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin ko‘p hollarda tashish xizmatini ko‘rsatadigan kompaniyalar haydovchiga qulay bo‘lishi uchun ushbu xarajatlarni ham o‘z zimmasiga oladi. Haydovchi esa haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi mavjud, 21 yoshga to‘lgan, kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega bo‘lishi lozim. Tegishli talablarga rioya qilinsa hamda barcha hujjat bor bo‘lsa, taksi parkida ishlash uchun lisenziya ikki ish kunida beriladi.
Haydovchi o‘z faoliyatida qonuniylikka rioya qilsa, buning afzalliklari va ustun jihatlarini yaqqol anglaydi. Avvalo, lisenziyasiz avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan jarimalardan qutilib qoladi. Bu jarimalar fuqarolar uchun eng kam ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun esa 50 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda belgilangan. Taksi haydovchisi mehnat qonunchiligiga binoan ishga joylashadi. Demak, unga staj hisoblanadi, haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi, xasta bo‘lgan holatlarda esa maoshi kasallik varaqasi asosida qoplanadi. Bundan tashqari, taksi parki mehnat shartnomasiga muvofiq avtomobilni texnologik ishlar rejasiga kiritadi. Albatta, texnik xizmat ko‘rsatiladi.
— Yo‘nalishsiz taksi va noqonuniy kirakashlar o‘rtasida yana bir farq bor. U ham bo‘lsa yo‘lkira haqida...
— Albatta, qonuniy faoliyatning xarajatlari noqonuniy kirakashlar bilan taqqoslaganda ko‘proq. Bu avtomobil parki butunligini ta’minlash, korxona mehnat jamoasiga maosh to‘lash, shuningdek, soliqlar, pensiya jamg‘armasiga o‘tkazmalar va boshqa xarajatlar bilan bevosita bog‘liqdir. Noqonuniy kirakash yuqorida qayd etilganlarning birortasiga chiqim qilmaydi. Boz ustiga, mavjud narxlarni demping usulini qo‘llab keskin tushirib yuboradi, nosog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Afsuski, bunday odamlar kelajakda halol fuqarolarning hisobidan pensiya va boshqa ijtimoiy yordamlarni olishga umid qiladi. Ular aksariyat yo‘nalishsiz taksilar foydalanayotgan GPS qurilmalar, navigatorlarga xarajat qilishmaydi. Bu texnika vositalari maqbul yo‘nalishni tanlash va yanada qulay xizmat ko‘rsatish uchun juda ham zarurdir. Aksariyat taksi xizmatlari ishga qabul qilishda haydovchilikka nomzodlarni tanlov asosida yollashga harakat qiladi, ularning manzilni nechog‘li bilishi tekshiriladi. Bu borada noqonuniy kirakashlar yetarlicha bilim hamda ko‘nikmaga ega, deya olish juda mushkul. Shuning uchun ham professional haydovchi o‘z mehnati uchun birmuncha ko‘proq haq olishi tabiiy.
Ammo yo‘nalishsiz taksilar uchun ham qat’iy belgilangan haq o‘rnatiladi. Moliya vazirligining qarori asosida Toshkent shahar hokimligi tomonidan har bir kilometr uchun eng yuqori haq miqdori muntazam belgilab boriladi. Bugungi kunda, misol uchun, u “ekonom-klass” avtomobillarida har bir kilometr uchun 500 so‘mni, “biznes-klass” uchun 800 so‘mni tashkil qiladi.
Ma’lum bir manzil bo‘yicha haq miqdorini dispetcherga buyurtma berilayotgan paytdayoq aniqlashtirib olgan ma’qul. Raqobat muhiti shakllangan bugungi bozor sharoitida bu narx u darajada qimmat emas.

Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1681 | Комментарии: 2 | Голосов:: 0| Теги:: Taksi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Behruz пишет: | 02.03.2016 | 18:52 #2 Спам
Behruz bir tomonda togri e hamma tomonlama togri
Like | 0
Behruz пишет: | 02.03.2016 | 18:51 #1 Спам
Behruz mmmm da
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 13:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  
. Shaxboz va Navruz - Yuragimdan O'chiray  
. Farhod va Shirin - Voha Voha  
. Farrux Raimov - Olmaxonim  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang  .
. Bexruz Tohirov - Yolg'izman (OST) Yolg'izlar  
. Eldido Guruhi - Sevamande Baralla  
. Sardor Rahimxon - Друг  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola