Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erim ichib kelib, qizimni yalang‘och vannaga tushishga majbur qiladi


“O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” tok-shousining so‘nggi — 23-dekabrda efirga uzatilgan soni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘rsatuvda muammosi ko‘rsatilgan ayollardan biri ichkilikka ruju qo‘ygan erining axloqsizligidan shikoyat qilgan. “Daryo” jabrdiyda ayolning kechmishini qisqacha bayon qiladi.

Mirobodlik Dildora Baratova — to‘rt yashar qizaloqning onasi, turmush qurganiga besh yil bo‘lgan. U oilasini saqlab qolish, turmush o‘rtog‘ini to‘g‘ri yo‘lga solish, turli g‘iybat gaplar chiqmasligi uchun ko‘p uringan, biroq hozirga kelib farzandining tirik yetim bo‘lishiga rozi.

Uning turmush o‘rtog‘i ichkilikka qattiq ruju qo‘ygan — yangi kuyovligining 13-kunida uyga o‘ta mast holda kelib, xotinini tanimay, onasi (Dildoraning qaynonasi)ning ham qarshiligiga qaramay, Dildorani do‘pposlab, uni podyezdga chiqarib qo‘ygan. To‘ygacha ham turli yengiltabiat ayollarni uyga boshlab keladigan odati bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda uyda yalang‘och yurish odatini chiqargan. Mast kunlari qizalog‘i bilan yalang‘och cho‘milishni xohlaydi — Dildora norozilik bildirsa, ikkisini kaltaklab, ko‘chaga haydaydi. Bu holatlar qizaloqning ruhiyatiga salbiy ta’sir qila boshlagan.

Dildoraning eri ichkilikka ruju qo‘yganidan mahalla-ko‘y ham xabardor — u mast holida qo‘shnilari bilan ham, mahalladagi o‘tkinchilar bilan ham ko‘p bora urishgan. Hatto bir oyda besh marta tuman IIBga olib ketilgan. Ayolning aytishicha, eri uni “urib, ko‘kartirib tashlagan”ida ham, u hech qachon 102 ga qo‘ng‘iroq qilmagan. “Ajrashish uchun turmush qurmaganman”, — deb aytgan Dildora, ko‘rsatuv davomida bir necha bor o‘zini tuta olmay yig‘lab yuborgan.

Ayol erini davolatish uchun uni yozda Narkologiya dispanseriga yotqizgan, o‘z vaqtida domlalarning oldiga ham olib borgan. U “oilamni saqlab qolishim kerak, insof berib qolar”, degan umid bilan yashab kelgan. Dildora istiqomat qiladigan mahalla qo‘mitasining raisi unga ota uyiga borib yashashni tavsiya qilgan. Ayolning onasi vafot etgan, otasining ikkinchi oilasi bor.

“Uchburchak” ko‘rsatuvi boshlovchisi Nilufar Umrzoqova Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi va ichki ishlar idoralarini ushbu vaziyatga e’tibor qaratishni so‘rab, shu kunlarda qizchasi bilan sarson-sargardon bo‘layotgan Dildora Baratovani ko‘chada qoldirmaslikni so‘ragan. Shuningdek, teleboshlovchi “bu mavzuga yana qaytish”ga va’da bergan.


VIDEONI KO'RISH


Manba:daryo.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 17764 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qizim, Erim, ichkilik. mast, yalang'och
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Gabit Sizi oilangiz uchun kurashishingizga u erkak arzimaydi qarang sizi shuncha paytdan beri qilgan harakatlaringizni bir pulga olmagan erkak endi hech qachon ozgarmidi uni bir xudoga solingda keting
Like | 0
Gabit Sizi sabringizga qoyil ayol bolib oilangizni saqlab qolishga uringansiz
Like | 0
Gabit Opa unaqa erdan kechvoring unaqa erni xudo ursin,u er emas u girt hayvon ekan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное