Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Erkak ayol va uning ikki bolasini tiriklay yoqib yubordi

Boshqirdistonda ayol va uning ikki yosh bolasini o‘ldirganlikda ayblangan 30 yoshli Davlekanovo shahri fuqarosi umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda 21 iyul, seshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi mintaqaviy bo‘limining rasmiy vakili Yevgeniy Kanevskiy ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 7 mayga o‘tar kechasi ayblanuvchi mast holda birga yashaydigan ayoldan qasos olishga qaror qilgan, chunki ayol va uning bolalari mehmonlarnikidan uylariga erkaksiz ketib qolishgan. Erkak uyiga kelganida ayol eshikni ochmagan. Keyin erkak o‘z kvartirasiga o‘t qo‘ygan va qochib ketgan.
Ayol va uning olti hamda o‘n yashar bolalari olovni kechroq payqashdi. Ular uydan chiqishga harakat qilishdi, ammo vaqtlari bo‘lmadi – uglerod oksidi bilan nafas olgandan keyin hushlarini yo‘qotishdi va vafot etishdi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari xarobalar orasida halok bo‘lganlarning jasadlarini topdilar. Voqea sodir bo‘lgan joyni batafsil tekshirishda o‘t qo‘yish izlari aniqlandi.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi ("Ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘ldirilishi"), shuningdek Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi ("Yondirish orqali mulkni qasddan yo‘q qilish") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Ayblanuvchi o‘z aybini tan olmaganiga qaramay, sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi (qattiq tartibli koloniyada) va jabrlanuvchilar foydasiga ikki million rubl miqdorida ma’naviy zarar tayinladi.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6257 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tiriklay, ikki bolasi, yoqib yubordi, Erkak, Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное