Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Behayolik modaga aylanib qoldi…mi?


Globallashuv davrida yashayapmiz. Hamma tizimda shunga mos va xos jarayonlar kechmoqda. Bu to‘lqin ma’naviyatni ham cheklab o‘tmayapti. Axloqiy yo‘nalishlarda ham shuning ta’siri sezilib qolayapti.

Bugun ayniqsa millatimiz g‘ururi, oru nomusi, sha’ni bo‘lmish qizlar axloqi , tarbiyasida qandaydir anglab bo‘lmas tezkorlik shiddati ming-minglab oilalar, onalarni tashvishga solayotgani bejiz emas.

Bir donishmanddan “O‘limdan ham og‘ir nima bor?” deb so‘rashganda, u “Qiz keltirgan isnod” deb javob qaytargan ekan. O‘ylanib qolasan, isnodning katta yo kichigi bo‘ladimi? Yo‘q! Isnod miqdor bilan o‘lchanmaydi. Kuppa-kunduz kuni skameykalarda quchoqlashib o‘tirgan kollej yo litsey o‘quvchilarining bahayoligi isnod emasmi? Jamoat joyida, xiyobonlarda, odamlar orasida yigitlarning o‘zbek qizlarini uyalmay-netmay ko‘tarib yurishi isnod emasmi? Qishloqdagi ayrim qizlarning shaharga o‘qish uchun kelib tuni bilan mast-alast sayoq yurishi isnod emasmi? Ba’zi erkatoy qizlarning tungi chilimxonalarda sarxush bo‘lib yurishi isnod emas deysizmi?

Qizlar axloqiy tarbiyasi uchun birgina javobgar shaxs- uning onasi. Nahotki, onalarimiz o‘z qizlarini shunchalik nazoratdan chiqarib yuborishgan bo‘lsa. Nahotki, ular qizlarini qayerda, nima ish bilan mashg‘ul ekanliklarini bilishni istamasa, xavotir degan so‘z ularga nahotki begona bo‘lsa?

Hurmatli onalar! Ertaga isnodga qolmaslik uchun qizlarimizga ko‘z quloq bo‘laylik! Ulg‘aygan, muhabbat yoshiga yetgan farzandlarimizga ko‘proq e’tibor qarataylik! Toki beparvoligimiz ertaga yuzimizni el oldida shuvit qilmasin!

Ichki ishlar idoralariga ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchi bo‘lgan gaplarimiz bor. Shahrimizning xohlagan ko‘chasi, jamoatchilik dam oladigan xohlagan bog‘ va xiyobonlarida kunning istalgan soatida o‘zidan kattalardan tap tortmaydigan, behayo qiliqlari bilan odamlarning nafratini keltirayotgan yigit-qizlarni uchratish mumkin. Sharqona tarbiya va odobni unutgan o‘zbek qizlarimizning basharalarini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ularni tartibga chaqirmoqchi bo‘lsangiz, shahar bog‘ va xiyobonlarini bir aylanib ko‘ring, fikrimizning haqligiga amin bo‘lasiz.

Balki bu hammaning o‘z shaxsiy ishi, deguvchilar ham topilib qolar. Shaxsiy ish barchaning o‘z uyida bo‘ladi, jamoat joylarining ham o‘z qonun-qoidasi, toshu tarozusi bor. Jamoat joylarida axloqsizlik, behayolik illati avj olayotgan bo‘lsa-yu biz ko‘zimizni yumib o‘tib ketaversak? Qani jamoatchilik nazorati faoliyati? Millatimiz g‘ururi qizlar tarbiyasi bilan kim shug‘ullanadi? Ahvol shu darajada tashvishli tus olayotganini nazarda tutib, bugun axloqiy tarbiyada tinimsiz ochiq muloqotlar, onalar yig‘ilishlari, qizlar bilan uchrashuvlar, hatto shu mavzuga bag‘ishlangan konferensiyalar o‘tkazish zarur! Kerak bo‘lsa, teleekran orqali bahayolik ko‘chasining “qahramon”larini tasvirga olib, ko‘rsatish zarur. Ana shundagina bu “epidemiya”ni to‘xtatish mumkin.

Kuzatib borayapmiz bir haftadan buyon giyohvandlikning oldini olish borasida ko‘rsatuvlar va axborotlarga keng o‘rin berilayapti. To‘g‘ri, giyohvandlik yomon illat! Qizlar axloqsizligi undan ham xavfli illat! Illat bo‘lganda ham butun bir millatni jar yoqasiga olib borib qo‘yadigan, xarob qiladigan, sharmandayu sharmisor qiladigan illat-ku!

Ra’no HAKIMOVA, Navoiy shahrining faxriy fuqarosi, jurnalist




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 12149 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Erkak, moda, Ayol, aylanib qoldi, behayolik, Fohisha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное