Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Evroosiyo go‘zali tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olindi


“The Queen of Eurasia – 2016” go‘zallik tanlovining ilk g‘olibasi turkiyalik Sibel Demiralp qamoqqa olindi.

Turkiya OAVlari berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, go‘zallik qirolichasi jinoiy to‘daga qo‘shilib, tovlamachilik bilan shug‘ullangan.

Jinoiy guruh boy odamlarga tuzoq qo‘yish vazifasini yuklatgan. Sibel esa bu ishni shu paytga qadar chiroyidan foydalangan holda mukammal bajarib kelgan.

Uning sheriklari so‘roqqa tutilganida, ishga aloqador barcha shaxslarning kimligi oshkor etildi. Shundan so‘ng “go‘zallik qirolichasi” o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish mahkamasiga olib kelindi.

Tergov paytida Sibel Demiralp ko‘zyoshlar to‘kib, qilgan ishlaridan pushaymon ekanligini aytib, yengillik so‘ragan.

So‘roqdan so‘ng, u yana qamoqxonaga yuborilgan. Xabarlarga ko‘ra, Yevroosiyo go‘zali uzoq muddatga qamalishi mumkin.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8391 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Evroosiyo, ayblanib, qamoqqa olindi, tovlamachilik, go‘zali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
slada Dunyoda go`zallar ko`p xaqiqiylari juda kam
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное