Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Faqatgina ayollarga xos bo‘lgan 5 superqobiliyat

Ayol tanasining o‘ziga xos bo‘lgan sirlari mavjud. Bugungi kunda dunyo olimlari ayollar intuisiyasining ishlash jarayonini, nima uchun ertalab ayollarda bosh og‘rig‘i kuzatilishini, nima uchun ularning ko‘ziga dunyo erkaklarnikiga nisbatan yorqinroq ko‘rinishini o‘rganishga kirishdilar. Bu haqda “Interesno.cc” nashri ma’lumot berdi.
Don Juan erkaklarni bir qarashda sezadi
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ular yengiltabiat erkakni bir nigoh tashlash orqali sezishadi. Avstraliya milliy universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlarda 34 nafar ayol ishtirok etgan. Ularning oldiga erkaklarning 20 ta fotosurati qo‘yilib, xiyonatkor erkakni aniqlash talabi qo‘yilgan. Ayollarning 62 foizi xiyonatkorlarni to‘g‘ri topgan. 
Ranglarni boshqacha ko‘radi
Aksariyat ayollar eri bilan bozorda o‘ziga ko‘ylak tanlayotganda, turmush o‘rtog‘i tanlagan ko‘ylakdan jig‘ibiyron bo‘lishadi. Bu erkaklarga qanday ko‘ylak sotib olishingizning ahamiyati yo‘q degani emas, ular ayollardan farqli ravishda rangni boshqacha ko‘rishadi. Nyu-York universiteti olimlarining o‘tkazgan tadqiqotlari bo‘yicha erkak va ayol birday sotib olgan apelsin rangi so‘ralganda, erkak uning rangini qizg‘ish degan bo‘lsa, ayol esa sarg‘ish deb javob bergan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu narsa ko‘z qurilishiga bog‘liq emas, balki miyaga bog‘liq ekan.
Qutqaruvchi og‘riqlar
Olimlar ayollarning homiladorlik paytida ro‘y beradigan toksikozni ilmiy tomondan izohlashdi. Homilador ayollarda ertalab ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i ona qornidagi homilani go‘shtda, baliqda va tovuq go‘shtida bo‘ladigan turli zararli toksinlardan himoya qilish mexanizmi ekan. Bu ayniqsa, homila hali yaxshi rivojlanmagan, ilk oylarda kuchli bo‘ladi. Toksikoz kuchli bo‘lgan homilador ayollarda boshqalarga qaraganda homila tushish xavfi kam bo‘ladi.
Kuchli immunitet
Ayollarda immunitet yaxshi rivojlangani uchun ularni zaifa deb atab bo‘lmaydi. Kuchli immunitet keksayish jarayonini ham sekinlashtiradi,shuning uchun ham ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq umr ko‘radi.
Xavfni his qilish
Ayollar xavfni erkaklardan ilgari sezadi, buning bosh sababi ular nafaqat o‘zi, balki tug‘ilajak farzandi uchun ham javob beradi. Yaponiyalik olimlar bir guruh turli yoshdagi erkak va ayolga ilon zo‘rg‘a ko‘zga tashlanadigan, har xil fotosuratlarni tarqatishdi. Suratdagi ilonni aksariyat ayollar payqagan, erkaklar esa bunga e’tibor bermagan.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5876 | Рейтинг: 0| Рейтинг: superqobiliyat, Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное