Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada soxta DXX xodimi ushlandi

 
Farg‘onada tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq taʼlimi bo‘limi mudiridan pora olgan maktab direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I. viloyatdagi tumanlardan birining xalq taʼlimi bo‘limi mudiri U.R.ga o‘zini "DXX viloyat boshqarmasi masʼul xodimi" sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganligini maʼlum qilgan. 

T.I. bo‘lim mudiriga u har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million so‘m talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda T.I. ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1152 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ushlandi, soxta, Farg‘onada, DXX, xodimi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное