Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi yil kechasidagi dahshat: Toshkentda ichki ishlar organi xodimi homilador xotinini do‘pposlagan


Yangi yil bayrami yorqin suratlar, archa atrofidagi selfilar bilan o‘tishi odat tusiga kirgan, har bir oilaning ushbu bayram uchun o‘z hikoyasi mavjud. Biroq ayrim voqealarda Yangi yil mo‘’jizasi sodir bo‘lmaydi. «Nuz.uz» nashrida shunday psixologik muammolardan biri haqida hikoya qilingan.

19 yoshli Yasmina (ismlar o‘zgartirilgan) uchun eng yodda qolarli bayram bo‘lishi lozim bo‘lgan kun dahshatli Yangi yil oqshomiga aylandi. Yaqinda ona bo‘lishini bilgan rafiqasini huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi vakili bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ayovsiz kaltaklagan.

Tun yarmida Yasmina kelin bo‘lib tushgan uyi derazasidan oshib tushib, taksi to‘xtatgan va ota-onasining uyiga qochib ketgan. Bu yosh kelinchakning uydan qochishga bo‘lgan birinchi urinishi emasdi.

Yuz-ko‘zi ko‘kargan, burni jarohatlangan, miyasi chayqalgan Yasminani poytaxtdagi shifoxonalardan birining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Sedativ preparatlar ta’sirida o‘ziga kelgan kelinchak to‘rt oy davom etgan nikohi davomida qaynonasi hamda eri bilan kechgan murakkab munosabatlar haqida gapirgan.

…Yasmina ushbu voqealarni tizzasiga qo‘llarini qo‘ygan holda, titroq ovoz, bir nuqtaga tikilgan nursiz ko‘zlar bilan so‘zlab bergan. Oriqdan kelgan, hali juda yosh kelinchak qattiq qo‘rqqan, lekin o‘zini qo‘lga olishga, tinimsiz yosh to‘kayotgan onasi Sanobar opani tinchlantirishga urinmoqda. Ona esa qizi duch kelgan dahshatlar haqida eshitgach o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Tinimsiz qizining har kuni kaltaklangani, Tezikovkadan olingani haqidagi dashnomlarni eshitgani, himoyasiz, namoz o‘qiydigan farzandining qanday azoblarga duchor bo‘lgani xususida gapirgan.

Yasmina kollejni tugatishi bilan turmushga chiqqan. Erining oilasi kelinning ishlashiga ruxsat bermagan, to‘rt devor ichiga qamab, mobil telefonini ham olib qo‘yib, barcha bilan muloqot qilishni taqiqlagan. Kelinchak onasiga ham eri va qaynonasi tepasida turgan vaqtida suhbatlashgan. Telefonda balandso‘zlagich rejimi yoqilgan holda Yasminaga qaynonasi va eri gap o‘rgatib suhbatlashgan. Ona va farzand Sanobarning kuyovi hamda qudasini yomonlashini kutgan. Hamma telefon suhbatlari yozib olinardi.

To‘rt oy davomida Yasmina hammaga ta’zim qiladigan kelindek uyning hamma ishini qildi. U uylarni tozalar, kir yuvar, ovqat tayyorlardi. Qaynona esa qilingan har bir ishdan kamchilik va nuqson qidirar, o‘g‘lini kelinga qarshi qayrardi. Kuyov bola Davron (ismlar o‘zgartirilgan, barcha o‘xshashliklar tasodif) esa mushtlarini ishga solib «tarbiyaviy soat»ni boshlardi.

«Hamma qilgan ishim noto‘g‘ri deb topilardi. Qaynotam mehribon inson, yaxshi odam. Menga rahmi kelardi. Lekin u kishi bilan muloqot qilishimga imkon qoldirishmasdi. Erim bilan birga qolgan vaqtimda u turli behayo filmlarni ko‘rishga va ulardagi ishlarni qilishga majburlardi. Rad etsam, ayamay urardi», — deydi Yasmina.

Yangi yil kirib kelishi oldidan ham kelinchakning onasiga qo‘ng‘iroq qilishiga va oila a’zolarini bayram bilan tabriklashiga ruxsat berildi. Biroq kelinni tinimsiz kuzatib borayotgan qaynona Yasminaning er tomondan qarindoshlariga befarq bo‘lib qizlik uyidagilarga mehribonroq ekanidan g‘azablangan. Ayol janjal ko‘targach, o‘g‘li kelinni vaziyatga oydinlik kiritish uchun birinchi qavatga chaqirgan. Ammo xotinining juda sekin qadam tashlab pastga tushgani Davronning jaxlini chiqargan. U kelinchakning sochlaridan tortib yotoqxonaga sudrab olib kirgan va boshi hamda yuziga urgan. Qizning burni qonay boshlagan va yuvinish uchun vannaga yugurgan. Biroq janjal shu bilan tugamagan. Kaltaklashdan keyin qaynona kelinni uy tozalashga, eri esa 20 marta o‘tirib turishga majburlagan.

Yangi yil oqshomida yuz beradigan mo‘’jizagina Yasminaning qochishiga umid bag‘ishladi. Onasi uni shahardagi shifoxonalaridan biriga olib bordi va qizning ko‘karib, ishib ketgan yuzini travmatolog shifokor tekshiruvidan o‘tkazdi. Rentgen va UTT tekshiruvi o‘tkazildi. Qo‘rquvdan shok holatiga tushgan Yasminani poytxatdagi respublika 1-klinik kasalxonasiga tez yordam mashinasida olib ketishdi.

Tibbiyot xodimlari xalq tilida «02» ya’ni «102» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Shifokorlar bemorning ichki yopiq bosh miya jarohati va yuzidagi ko‘karishlar diagnozi bilan qabul qildi. Juvonning burni singani taxmin qilindi. Ginekolog homiladorlikka zarar yetganini taxmin qildi. Travmatologiya bo‘limi vakili qizning zarur tibbiy yordamlar olayotganini bildirdi.

Sanobar opa yig‘idan o‘zini tiya olmayapti. U bir necha kundan beri qizining tepasida o‘tirib, uni yolg‘iz qoldirmaslikka urinmoqda. Ona qizining ruhiy holatidan xavotirda. Yasmina ko‘z yosh to‘kmayapti, biroq qo‘llari qaltiraydi va qattiq qo‘rqib ketgan. Kelinchak telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti va shifoxona xodimlaridan eri hamda uning qarindoshlarini yoniga kiritmaslikni iltimos qilgan. Yasmina kelin bo‘lib tushgan uyiga qaytish va yana o‘sha dahshatlarni qayta boshdan kechirmoqchi emas.

Davron Yasminadan 13 yosh katta. U ofiser va poytaxtdagi ichki ishlar bo‘limlaridan birida ishlaydi. Milisioner o‘z tanishlarini ishga solib, sha’riy nikoh o‘qitgan va Yasminani uyidan olib ketgan. Kelinchak to‘rt oy davomida ota-onasining uyiga kelmagan. Davron to‘y qilishni va qonuniy nikohdan o‘tishni ham va’da qilgan. Yangi yil oqshomidan keyin Yasminaning shifoxonaga tushib qolganini bilgach, Davron va uning onasi talvasaga tushgan. Ular kelinchakning ruxsatisiz uydan qochib ketganidan norozi bo‘lgani aniq.

Yasmina ariza yozdi va uni yosh oila istiqomat qiluvchi Shayxontohur tumani milisiya noziri qabul qilib olgan. Uchastka nozirining aytishicha, ish prokuraturaga yetkazilgan.

«Nuz.uz» nashrida e’lon qilingan maqolada birovning oilaviy ishiga aralashish noto‘g‘ri ekanligi, har bir oilada ham turmushning «o‘nqir-cho‘nqirlari», muammolari bo‘lishi qayd etilgan. Nashr ayolning hayotiga xavf solib, uning sog‘lig‘iga zarar keltirgan ushbu noxush vaziyat bu kabi maishiy muammolardan emasligini bildirgan.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi e’lon qilingan materialga munosabat bildirib, ushbu ish nazoratga olingani va ayni vaqtda xizmat tekshiruvi boshlanganligini ma’lum qilgan.

Kelinchakning turli tan jarohatlari olgani haqidagi ma’lumot va materiallar Shayxontohur tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.



Manba:zamin.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3597 | Рейтинг: 0| Рейтинг: do‘pposlagan, xodimi, homilador xotini, yangi yil kechasi, dahshat, Toshkent, ichki ishlar organi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное