Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Soundterck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Farhod va Shirin: “Yaxshi ijodkor raqobat uchun ijod qilmaydi”...

Tan olib aytish kerakki, Shirin o‘z Farhodini topgandan keyingina unga rosmana omad kulib boqdi. Bugun Farhod va Shirinning muxlislari anchagina. Sababi, birgalikda yaratilgan qo‘shiqlarning dilga yaqinligi, mavzularning samimiyligi, qo‘shiq so‘zlaridagi o‘zbekona andishaning mujassamligida, desak yanglishmaymiz... Sezganingizdek “Muxlis va yulduz” loyihasining bugungi mehmoni Farhod va Shirin. Ular bilan Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya instituti talabasi Barchinoy MUXTOROVA suhbatlashadi.
Ayni kunda ijodingizda qanday yangiliklar bor?

Bobur Bobomurod (guruh prodyuseri): —Yangi qo‘shiqlarimiz radio va telekanallar orqali taqdim etilyapti. Bugungacha yozilgan, ammo kuylanmagan, yoki klip tarzida suratga olinmagan g‘oyalarimiz ko‘p. Lekin bilasizmi, biz yaratilayotgan yangi qo‘shiq, uning g‘oyasi, yoki yangiliklar haqida oldindan aytgimiz kelmaydi. Faqat bir sirni ochsam: endi boshqa bastakor va musiqiy bezakchi bilan hamkorlikda ishlash niyatimiz bor. Ustozlarimiz kuylagan eski mumtoz qo‘shiqlarni, dunyo musiqasini tinglab yangi ijodiy g‘oyalarni rejalashtiryapmiz...
Menimcha, dunyo musiqasini ko‘proq tinglayapsiz shekilli... Chunki, oxirgi paytlarda repertuaringizdan asosan musiqasi ko‘chirilgan xorijiy qo‘shiqlar o‘rin olyapti...

Farhod: — Butun dunyo qo‘shiqchilik san’atida plagiat tushunchasi bor. Ammo plagiatlik ham turlicha bo‘ladi. Kimdir aynan ko‘chiradi, boshqa birov unga yangicha sayqal beradi, o‘zgartiradi. To‘g‘ri, biz qaysidir xorijiy qo‘shiq musiqasini ko‘chirib kuylayotgandirmiz, lekin buni bekitmaymiz.

Shirin: — Aniqrog‘i, o‘sha chiroyli xorjiy qo‘shiqlarni o‘zbekcha talqinda kuylab, o‘z xalqimizga ilingimiz keladi. Masalan, o‘zbek tinglovchilari o‘sha xorijiy qo‘shiqlarini umuman eshitmasligi yoki eshitmagan bo‘lishi mumkin. Lekin o‘zbekcha talqinini tinglab, yaxshi baho berishyapti.

Farhod: — Endi, aytingchi, muxlislar talab qilgan qo‘shiqni nega endi ularga yetkazmasligimiz kerak? O‘zimizga yoqqan xorij qo‘shig‘ining musiqasini shundoqqina ko‘chirib, tayyoriga qo‘shiq kuylamaymiz. Qo‘shiq musiqasini olib, unga har xil milliy cholg‘u asboblarini yordamida o‘zbekona ohanglar qo‘shamiz. Ana undan so‘ng qo‘shiqni kuylab, xalqqa yetkazamiz.

Bobur Bobomurod: — Ijod harakat ham, harajat ham talab qiladi... Buni ham inobatga olish kerak.
Ijodingizni boshlaganingizga deyarli to‘rt yil to‘lgan bo‘lsada, shou biznes maydonida na ortdasiz va na oldinda?

Farhod: — Me’yordamiz...

Shirin: — Ijod har doim me’yorda bo‘lgani yaxshi. Oldinga o‘tib ketish ham, yoki orqada qolish ham noto‘g‘ri...

Farhod: — Oldinlab ketish yoki orqada qolishni raqobat bilan qiyoslash mumkin. Menimcha, yaxshi ijodkor raqobat uchun ijod qilmaydi, to‘g‘rimi ustoz? (prodyuser Bobur Bobomurodga yuzlanib).

Bobur Bobomurod: — Raqobat bo‘lsa ham sog‘lom, barcha havas qiladigan darajada bo‘lishi kerak. Yaxshi ot keyin chopadi. Bizning ijoddagi niyatimiz esa bir-ikki yil porlab keyin yo‘q bo‘lib ketish emas. Aniqrog‘i, biz ko‘ngil uchun, xalq uchun ijod qilamiz. Bir paytlar mashhurlikka havas qilgan paytlarimiz ham bo‘lgan. Lekin ijod fidoiylik, o‘ziga xos qurbonlikni talab qilishini bilganimizdan keyin aynan shu yo‘sinda ijod qilishga kirishdik.

To‘yingiz bo‘lganligi haqida bir necha marta mish-mish tarqaldi. Hayotda ham Farhod va Shirinmisiz yoki bu shunchaki “piar” o‘yinimi?
Shirin: — Yo‘q, biz faqat ijodda Farhod va Shirinmiz. Avvalambor bu taqdir. Uchrashib qolganimiz ham, kelajakda nima bo‘lishi ham taqdir izmida. Lekin biz hozircha do‘stmiz...

Farhod: — Biz hech qachon muxlislar uchun boshqacha ko‘rinishga urinmaganmiz...

Bobur Bobomurod: — O‘zbek xalqimiz juda yaxshi niyatli xalq-da. Farhod va Shirinni doim birga ko‘rishyaptimi, ularning oila qurishini istashadi, bir-biringizga mossiz, deb duo qilishadi. Ammo hali ikkisi ham yosh, ijoddan boshqasini o‘ylashmayapti...

Shirin, siz san’atga endi kirib kelgan paytlaringizda Shirina edingiz, endi esa Shirinsiz...

Farhod: — O‘sha paytlarda kichkina bo‘lganligi uchun erkalatishgan...(kulishadi)

Shirin: — Lekin pasportimda Shirina emas, Shirinman.

Farhod: — Men ham pasportda Farhodman...

Bobur Bobomurod: (hazil aralash) — Obbo! Birov so‘radimi? (kulishadi)

Birgalikda ishlash taklifi kimdan chiqqan edi?

Farhod: — Konservatoriyada birga o‘qib yurgan paytlarimizda Shirin bilan birga ijod qilishga ahd qilgan edik. Keyinchalik, bu borada ustozimiz Bobur Bobomurod bilan maslahatlashdik. Ustoz taklifimizni ma’qulladilar. O‘shanda sinov tariqasida“Yoshlikda bergan ko‘ngil” nomli qo‘shig‘imiz xalqqa manzur bo‘lganidan so‘ng birgalikda ijod qila boshladik.

Nega faqat prodyuseringizning she’rlarini qo‘shiq qilib kuylaysiz? Menimcha, boshqa shoirlar bilan ham hamkorlikda ishlasangiz ijodingizda sezilarli yangilik bo‘lishi mumkin...

Farhod: — Lekin shoirlar orasida Bobur akadan yaxshirog‘ini ko‘rmayapmiz...(kulishadi).

Shirin: — Men ham shuni aytmoqchiman. Bizga faqat ustozimizning she’rlari yoqadi. Shunga qaramay, Bobur aka bizga boshqa bir shoirning she’ri yoqib qolsa, olib kelinglar, qo‘shiq qilib yozamiz, deb aytgan. Shoirimiz bizning ichimizdan qanaqa his-tuyg‘u o‘tayotganini his qiladi... Ko‘rinishimiz, fe’l-atvorimizdan kelib chiqib, bizni tushungan holda she’r yozadi.

Farhod: — Shuni aytish kerakki, Bobur aka bizning ijodimizni hech qachon chegaralab qo‘ymagan. Bobur akaning she’rlari yoshu qarining ko‘ngliga birdek yo‘l topa oladi.

Bobur Bobomurod: — Boshqa shoirlar bilan hamkorlikda ishlash niyatimiz ham bor. Lekin hozircha bastakorlar, shoirlar taklif qilayotgan she’rlar bizni qoniqtirmayapti...

— Farhod, adashmasak, ilgari boshqa kompaniya bilan shartnomangiz bo‘lgan, uni bekor qilmay turib, Shirin bilan ijodingizni boshlagansiz...

Farhod: — Yo‘g‘-e? Bunaqa gaplarni qaerdan topishadi? (kulishadi). Bekor gap. Avvalgi “kompaniyamiz” konservatoriya bo‘lgan. Hatto hozir ham shartnoma asosida ijod qilayotganimiz yo‘q. Chunki oramizda do‘stlik va ishonch bor.

— Shirin, siz Farhod bilan ishlamaganingizda unchalik taniqli emasdingiz. Farhod bilan ishlay boshlaganigizdan keyin sizni muxlislar taniy boshlashdi. Buni tan olasizmi?

Shirin: — To‘g‘ri, gapingizda jon bordek... Lekin o‘sha paytda ham prodyuserim, ustozim Bobur aka edi. Buning sababini shunday izholagan bo‘lardim. O‘sha paytlar ham qo‘shiqlar yozganmiz, lekin hozirgidek reklama qilmaganmiz. Chunki u paytlar men talaba edim, o‘qishga jiddiy qarardim.
Shirin, klip jarayonida Farhodga nisbatan siz ko‘proq mehr ko‘rsatgandek, karashma qilgandek tuyulasiz...

Shirin: — Endi-i-i... Men yaxshiroq rol o‘ynasam kerak-da.

Farhod: — Siz hali rol ham o‘ynayotganmidingiz? (kulishadi)

Shirin: — Erkak kishining yonida ayol kishi, qiz bola karashma qiladi-da. Noz-karashma ayollarga xos. Bir oz jiddiy bo‘lib turish esa erkaklarga yarashadi.

Farhod: — Shirinning yonida men nozlanib tursam bo‘lmas...

Bobur Bobomurod: —Hozir Farhod va Shirin ayni muhabbat yoshida. Tomoshabinlar ham bularga qarab o‘zining yoshligini, kelajagi ko‘radi. Shu bois noz-karashma qilishlari qaysidir ma’noda imidj, ya’ni normal holat bo‘lsa kerak.

Bobur aka, siz Afsona bilan ham hamkorlikda ishlayotgandingiz. Oxirgi paytlarda e’tiboringizni ko‘proq Farhod va Shiringa qaratayotgandeksiz...

Afsona bilan ham ishlayapmiz... Bilasizmi, har bir ijodkorning ijodida tanaffus davri bo‘ladi. Ya’ni shu davrda san’atkor o‘ylab, keyingi maqsadlarini aniqlab olishi va shu maqsadlar uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Chunki hozir shou biznes shu darajada murakkab va rang-barangki, birdan yarq etib porlab chiqish qiyin. Afsonani qaytadan afsona qiladigan yaxshi mavzu qidiryapmiz, qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bu ham omadga bog‘liq jarayon-da! Harakati bor... Men hech qachon Afsona va Farhod Shirinni ayirmaganman. O‘z vaqtida Afsona gurkirab, tanilib ijod qilayotganda unga omad kelgan edi. Ayni paytda u yana o‘shanday omadli damlar kelishini kutyapti...

 
Mohichehra Eshmirzayeva yozib oldi
Fotomuxbir: Alixan UTARBEKOV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7196 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Farhod va Shirin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное