Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Zerda - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Nafrat, G‘urur va Muhabbat To‘qnashgan Film Premerasi

20-fevral kuni ko‘p sonli muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilgan "Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin" filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Muhabbat tuyg‘usiga o‘zgacha nazar va munosabat aks etgan kartina "Kinochilar uyi" va Alisher Navoiy nomli kinosaroyida muxlislar e’tiboriga havola etildi. 
Filmda muhabbat tuyg‘usi g‘urur, qahramonlar xarakteridan ustun ekanligi ilgari surilgan. Inson hayoti o‘z qo‘lida ekanligi va bu hayotda tasodiflar shunchaki ro‘y bermasligi kabi falsafiy xulosalar ham jam bo‘lgan bu kartina bir qator mahoratli va professional ijodkorlar guruhi tomonidan tayyorlangan. 
Bosh rollarda minglab muxlislarning sevimli xonandasi va aktrisasi bo‘lishga ulgurgan Lola Yo‘ldosheva va iste’dodli aktyor Umid Iskandarov talqin etgan film erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qiladi.
Muhabbat esa nafrat, g‘urur kabi tuyg‘ular bilan birgalikd o‘zgacha rakursda tasvirlangan. Aytish kerak, Film premerasi a’lo darajada, muxlislar olqishlari ostida o‘tdi. Ayniqsa bir necha yillardan buyon kinoda ko‘rinmay qolgan Lolaning ishtiroki katta shov shuvlarga sabab bo‘ldi. 
Kartinani tomosha qilgan har bir tomoshabin o‘z o‘rnida qo‘llanilgan xazillar, keskin qarorlar va voqealar rivojidan zavq olishdi, desak xato bo‘lmaydi. Barcha ijodkorlarni omadli premera bilan qutlaymiz!


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9733 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Farhod va Shirin, Bu telba muhabbat yoxud Farhod va S
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное