Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Uzoq kutilgan film premerasi yaqin...
Bugungi kunda o‘zbek kartinalari soni ortib borayotgani sabab tomoshabin ham sifatli mahsulotga intiq. Yaqinda tasvirga olingan ishchi nomi "Farhod va Shirin" bo‘lgan kartina ayni vaqtda ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgani sir emas. 
Ko‘pchilik bu filmning qachon taqdim etilishi borasida ko‘plab savollar berildi. Va nihoyat... muxlislar kutgan kunga yaqin qoldi. 20-fevral kuni poytaxtimiz kinoteatrlarida bu kartinaning uzoq kutilgan premerasi o‘tkaziladi. 
Bosh rollarni mahoratli va latofatli xonanda hamda aktrisa Lola Yo‘ldosheva va professional aktyor Umid Iskandarov talqin qilgan "Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin" nomli kartina ayol va erkak o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiladi. Muhabbatning yangicha talqini aks etgan film kutilmagan burilish va keskin voqealarga boyligi tomoshabinni o‘ziga tortishi kutilmoqda. 
Aytish kerak, kartinaning syujeti boshqa filmlarni takrorlamaydi. Film nafaqat Toshkent shahri va viloyati, balki Samarqand shahrida ham tasvirga olingan. Kartina uchun yaratilgan saundtrek esa shu vaqtgacha xit darajasigacha ko‘tarila oldi. Lola ijrosidagi "Farhod va Shirin" nomli qo‘shiq va unga yaratilgan klip turli xit-paradlarda yetakchi o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lgan. 
Kartina ijodkorlari 20-fevral kuni barcha kino shinavandalarini premeraga chorlab qolishadi! 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6351 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Farhod va Shirin, Uzb, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Guli пишет: | 15.02.2015 | 19:37 #3 Страница с комментарием
guli101192 Ha kutamiza
Like | 0
Dastan Super kino 2015 yilli en zor kinosi jovob gapimga
Like | 0
Don9498 Unda kutib q6lamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное