Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qirolicha - Soundterck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Klip suratga olish necha pulga tushadi?

Alisher Uzoqov va Ziyoda

Bugungi shou-biznesdagi qo‘shiq va klip yaratish  narx-navolari qanday? Bu borada jurnalistik surishtiruv olib bordik.

QO‘ShIQNING NARXI QANChA?
Surishtiruvni qo‘shiq yozish jarayonidan boshlashga qaror qildik. Xo‘sh, bugungi bastakorlar, shoir va aranjirovka ustalarining xizmat haqi qancha?

·       Bugungi kunning eng ko‘zga ko‘ringan xonadalari qo‘shiqlariga musiqa yozib berayotgan taniqli bastakorlar o‘rtacha 300-1500 AQSh dollarigacha haq olishar ekan. 

·       Yozilgan qo‘shiqqa musiqiy bezak beruvchi aranjirovkachilar esa o‘z mehnatlari uchun 200-500 AQSh dollarigacha pul olishadi.

·       Bu uchlik ichida shoirlar eng kam xizmat haqi olishar ekan. Ya’ni ularga bitta she’r uchun 50-200 AQSh dollarigacha haq to‘lanadi.  

Yuqoridagi ijodkorlar bir qo‘shiqni tayyor holiga keltirishi uchun 3 kundan 1 oygacha vaqt talab etiladi.

Shuningdek, tayyor mahsulotlarni ovozlashtirish uchun eng so‘nggi zamonaviy musiqiy uskunalar bilan ta’minlangan ovoz yozish studiyalari o‘rtacha 100 AQSh dollari talab qilishadi.

TEXNIKA-ChI?
Endigi bosqich esa tayyor bo‘lgan qo‘shiqqa klip suratga olish.

Xonandalar asosan uch xil ko‘rinishda klip ishlashga odatlanishgan. Birinchisi, mukammal, hayotiy, o‘tirkir syujetga ega bo‘lgan klip, ikkinchisi qimmat dekoratsiya va noodatiy ko‘rinishlarda tayyorlangan trek yo‘nalishidagi klip. Uchinchisi esa, bugungi kunda juda ommalashgan, ya’ni ham sayohat, ham tijorat ko‘rinishidagi kliplar! Bunda xonandalar xorijiy davlatlarga sayohatga borishganda, ma’lum bir qo‘shiqqa to‘g‘ri keladigan lavhalarni suratga olib kelishadi.

Endi bir klipni suratga olishga sarflanadigan xarajatlarni o‘rtacha hisobini olsak. Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish uchun foydalaniladigan har bir texnika bir "smena”, ya’ni 8 soatga beriladi. Undan necha soat foydalanishdan qat’i nazar ijara haqi to‘liq to‘lanadi.

Videokamera. Bugun aksariyat kliplarda "MARK-5” rusumli fotokameralardan foydalanilyapti. Bu  rusumdagi kameralarning 8 soatli ijarasi uchun 100-150 AQSh dollari to‘lanadi.  Boshqa rusumdagi kameralar  100 AQSh dollariga ijraga beriladi.

"Kran” — Klipdagi kadrlarni balanddan suratga olishda ushbu moslamadan foydalaniladi. Uning ijarasi — 100 AQSh dollari.

"Rels” — Kliplardagi yurish-yugurish harakatlarini suratga olish uchun tasvirchilar "rels”dan foydalanishadi. Uning bir "smena”lik ijarasi kamida 50 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Chiroqdan foydalanishning ijarasi esa —  20-150 AQSh dollari.

Shuningdek, texnikalarni bir joydan boshqa joyga olib borish uchun maxsus mashinalardan foydalaniladi. Ular uchun 100 ming so‘m atrofida haq to‘lanadi. Narx klip suratga olinayotgan joyning uzoq-yaqinligiga qarab o‘zgaradi.

KLIP TURIGA QARAB NARXLANADI

·       Klip trek yo‘nalishida suratga tushirilganda klipmeykerlar dekoratsiyadan ko‘p foydalanishadi. Bugungi kunda bir ko‘rinishdagi dekoratsiyaning o‘rtacha xarajati — 500-1500 AQSh dollarni tashkil etadi. Ko‘pincha klipmeykerlar tayyor dekoratsiyadan, turli qahvaxona, restoran, mehmonxona yoki shunga o‘xshash chiroyli ko‘rinishdagi joylardan ham foydalanishadi.  Maxsus tanlangan maskanning ijarasi uchun o‘rtacha — 100-1000 AQSh dollar pul ajratiladi.

·       Suratga olingan kadrlarni saralash va ularni voqealarga qarab joylashtirishni montaj ustasi bajaradi. 3-4 daqiqali oddiy klipning montajiga 200 AQSh dollar haq to‘lansa, murakkab montajga 400-500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

·       Kliplarda kompyuter grafikalaridan foydalanilganda 200-800 AQSh dollari sarflanadi.

·       Klipda xonandaning libosi, soch turmagi-yu, makiyaj va grimlarini nazorat qiluvchi stilist-dizaynerlarning ishi uchun o‘rtacha 100 AQSh dollari to‘lanadi.

 

IJODIY GURUH

Odatda rejissyorga barcha xarajatlarni inobatga olgan holda pul to‘lanadi. Ya’ni, rejissyor texnikalarni ijaraga olish, texnik va ijodiy guruhga gonorar ajratish va boshqa barcha moliyaviy masalalarni o‘zi hal qiladi.

Shunday qilib, trek yo‘nalishidagi bitta klip barcha xarajatlarni inobatga olganda o‘rtacha, 2000-3000 AQSh dollarini tashkil etadi;

 Syujet yo‘nalishidagi klip uchun esa, 3000-4000 AQSh dollari sarflanadi.

Klipning murakkabligiga qarab narxlar 10.000-15.000 AQSh dollarigacha oshishi mumkin.

Shuningdek, tayyor bo‘lgan mahsulotni radio-televidenieda "aylantirish” uchun xonandalar har oyda 5000-6000 AQSh dollari sarflar ekan.

Klipning muvaffaqiyatni belgilab beruvchi yana bir omil, bu – unda taniqli aktyor-aktirisaning ishtirokidir. Ular uchun to‘lanadigan gonorarni ham aniqlashga harakat qildik. Bugungi kino va teatr vakillari o‘z hamkasbining 5 daqiqalik klipida suratga tushish uchun 100 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha gonorar olishar ekan. 

Gap isboti bilan...

Mavzudan kelib chiqqan holda bugun tomoshabinlar orasida ommalashgan, o‘z reytingiga ega bo‘lgan kliplarni misol tariqasida keltirib o‘tsak...

"Eng qimmati - chet elda!”

Xonanda Umar Shamsiev ijrosidagi "Hey, Leyli” nomli qo‘shiqning yaralishida umumiy hisobda 3000 AQSh dollar sarflangan (Kimga, qancha miqdorda pul berganini aniq aytishni istamagan xonanda, faqat qo‘shiqning o‘ziga sarflangan mablag‘ni aytdi, xolos).

Ma’lumki, bugun xonandalar o‘rtasida chet elda klip suratga olish juda ommalashgan. Umar Shamsievning mazkur qo‘shig‘iga ishlangan klip ham Dubayda suratga tushirilgan.

Umar Shamsiev: — Fikrimcha, chet elda klip suratga olish biz xonandalar uchun bir muncha qimmatga tushadi. Sababi, butun ijodiy guruhning safarga sarf bo‘ladigan yo‘l haqi, mehmonxona xizmati va boshqa xarajatlarni san’atkor o‘z zimmasiga oladi. Bir qarashda oddiygina, chet el ko‘chalarida shunchaki suratga olingandek ko‘ringan klipning  o‘ziga yarasha xarajatlari bor.

Xonandaning aytishicha, "Hey, Leyli” klipini suratga olish uchun Dubay safariga uchta ijodkor borgan bo‘lib, ularning har biriga 700-800 AQSh dollariga chiptalar xarid qilingan.  

Klipning texnik ta’minoti uchun 1000 AQSh dollari sarflangan. Birgina "Red” rusumidagi kamera uchun o‘rtacha 350-500 AQSh dollari to‘langan.

Hozircha eng qimmat klip

So‘nggi paytlarda o‘ziga xos qo‘shiq va kliplari bilan nazarga tushgan Munisa Rizayevaning "Gollivud” qo‘shig‘iga ishlangan klip bugungi kunning eng katta byujetli kliplaridan biri sanaladi.

Bu klip uchun umumiy hisobda 10.000 AQSh dollari sarflangan. Bundan 3600 AQSh dollari xonandaning va klip ishtirokchilarining libosi va makiyaji uchun, qolgani klipmeyker Narimon Sultonxo‘jaev va boshqa xarajatlarga sarf etilgan.

"Gap pulda emas”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva o‘zining "Olma, anor” klipi uchun 3500 AQSh dollari sarflagan. Umumiy mablag‘dan 200 AQSh dollari stilistning xizmati uchun to‘langan bo‘lsa, xonanda liboslarining har biri uchun esa 400 ming so‘mdan  haq to‘lagan.

Qolgan mablag‘ turli sarf-xarajatlar va rejissyorga to‘langan.

Mavluda Asalxo‘jayeva: — Klipga qancha pul sarflash uning sifatini belgilab bermas ekan. Sababi, ijodim davomida 3500 AQSh dollaridan ko‘proq pul sarflagan kliplarim ham bo‘lgan. Ammo yaxshi mutaxissis tanlamaganim sabab, katta mablag‘ sarf etilgan kliplarim hatto efir yuzini ham ko‘rmagan paytlar bo‘lgan. Aytmoqchimanki, bu ishda o‘z ishining ustasiga murojaat etish kerak ekan.

 

 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10960 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Klip, studio, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
voymedia Bunaqa qimmat deb oylamagandim
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное