Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Siz sevgan Osiyo farzand kutmoqda

Osiyo serialidagi Osiyo — Tuba Buyukustun oldin xabar berganimizdek aktyor O'nur Saylaqqa turmushga chiqdi. To'y ommadan uzoqda — Parijda dabdabali shaklda ўtkazildi. Ma’lumotlarga kўra, yosh oila egizak farzandlar kutishmoқda. Yangi mavsumda қanday loyiҳalarda ishtirok etishi va to'yi ҳaqida shu paytgacha g'ing demagan Buyukustun niҳoyat ilk bor intervyu berdi...

Aktrisa haqida qisqacha

Tuba hozir 29 yoshda. Onasi bankda ishlardi, yaqinda nafaqaga chiqdi. Otasi muhandis. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan Tuba "Ko‘ngil o‘g‘risi” serialidan keyin kinoda ham o‘zini sinab ko‘rdi. Avvaliga "Otam va o‘g‘lim” filmida, keyin esa "Sinov” da ishtirok etdi. O‘tgan yili "Qalbingdan so‘ra” badiiy filmida bosh rolni ijro etdi. Aktrisa bugungi kunda Turkiyaning eng go‘zal ayollaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Muxlislari unga bag‘ishlab o‘nlab saytlar ochishgan. Turmush o‘rtog‘i O‘nur Saylaq bilan 4 yil avval "Osiyo” seriali suratga olish maydonchasida tanishdi. Keyin ikkalasi "Ko‘ngil o‘g‘risi” serialida birga ishtirok etishdi.

— "Ko‘ngil o‘g‘risi” seriali ham nihoyasiga yetdi, yangi seriallarda ishtirok etasizmi?

— Yo‘q, chunki 2004 yildan buyon tanaffussiz ishladim. Shu bois biroz dam olish fursati keldi, deb o‘ylayman. Hayot nimani ro‘baro‘ qilishini bilmayman, lekin bu yil seriallarda suratga tushishni rejalashtirmaganman.

— Asosan, muhabbat mavzusidagi seriallarda ishtirok etdingiz. Endilikda farqli rollarni ham ijro etishni istarmidingiz?

— Muhabbat hayotning har burchagiga yoyilgan. Qanday rol bo‘lmasin baribir bir hikoyaning ichida ishq mavjud. Qo‘limdan kelgancha bir-biriga o‘xshamaydigan rollar tanlashga harakat qilib kelganman, bundan keyin ham shunday qilaman.

— Mana, turmushga ham chiqdingiz. Umringizning qanday davridasiz?

— 7 yil tinimsiz ishlab, nihoyat hordiq chiqarishga fursat yetganidan g‘oyatda shodman. Ayni shu pallada oila qurishim ham xuddi ramziy ma’noga egadek.

— Juda bosiq ko‘rinasiz. Sizning jahlingizni nima chiqarishi mumkin?

— Insonlarning mening olamimga ruxsatsiz kirishi, shaxsiy hayotimga aralashishi qattiq ranjitadi, bundan juda jahlim chiqadi.

 



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 23432 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 2| Рейтинг: asi, Yangilik, Serial, kino, Osiyo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
аватар отсутствует shu osiyo juda
Like | 0
аватар отсутствует osiyo
Like | 0
madin_95 bowida kurdim keyin yoqmay qoldi
Like | 0
shohrux_love yaxshi serial deyishadi ammo ko'rmadim.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное