Bojalar - Jana (Video C... Bojalar - Jana (Video C...
Shohruhxon - Gulim (Vid... Shohruhxon - Gulim (Vid...
Ozoda - Tala'a Al-Badru... Ozoda - Tala'a Al-Badru...
Farruh Komilov - Pariro... Farruh Komilov - Pariro...
Umidaxon - Hayotim (Vid... Umidaxon - Hayotim (Vid...
Shoira Otabekova - Xiyo... Shoira Otabekova - Xiyo...




Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Efir Sirlari - Soundtrack
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati Ramazon oyi boshlanishida 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarorini qabul qilgan edi. Unga muvofiq, nisob miqdorida molga ega bo‘lgan hur musulmon kishi 2020 yilgi Ramazon oyida qancha miqdorda fitr sadaqasi berishi ma’lum qilingandi.

Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.
Mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha to‘rt ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha uch ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha o‘ttiz besh ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha o‘ttiz ming so‘m ekani aniqlandi.
Shunga ko‘ra, 2020 yil (1441 h.) uchun fitr sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm bug‘doy 8 000 (sakkiz ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berish kifoya bo‘lishi ta’kidlandi.
Fitr sadaqasi o‘zi nima?
Fitr sadaqasining vojib ekanligida o‘ziga xos hikmatlar bor. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u zot: “Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini ro‘zador uchun behuda gap-so‘z va harakatlardan poklanish va miskinlar uchun taomlanish bo‘lishi uchun farz qildilar. Kim uni hayit namozdan oldin ado qilsa, u maqbul sadaqadir. Kim uni hayit namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan bir sadaqani bo‘ladi”-dedilar. Abu Dovud va Doramiy rivoyat qiladi.
Ushbu hadisi sharifdan fitr sadaqasining hukmini va uning savobini topish bilan birgalikda ikkita hikmat va foyda ko‘zda tutilishi ma’lum bo‘ladi.
Birinchi hikmati va foydasi fitr sadaqasi Ramazon ro‘zasini xato va kamchiliklardan poklaydi. Shuning uchun Vake’ ibn Jarroh “Ramazon oyining fitr sadaqasi xuddi namozning sahv sajdasiga o‘xshaydi. Namozning vojib amali tark bo‘lgan vaqtda sahv sajdasi namozni to‘g‘rilagandek, fitr sadaqasi ro‘zaning kamchiliklarini to‘g‘rilaydi”, - deydi. Lekin biror uzr bilan ro‘za tutolmagan kishilar ham ro‘za tutish vojib bo‘lmagan yosh bolalarga ham fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi.
Ikkinchi hikmati va foydasi hayit kunida kambag‘al va miskinlar, yetim va bechoralarni xursand qilish, ularning ochliklarini ketkazib, haqiqiy bayram kayfiyatini ularga berishdir. Shuning uchun ham fitr sadaqasini hayit kuni tong vaqtida berish vojib bo‘ladi. Ammo, ramazonning avvalida, oldindan bersa joiz. Hayit namozidan keyinga qoldirmaslik kerak. Namozdan keyinga qolsa ham soqit bo‘lmaydi. Hattoki, zimmasiga vojib bo‘lgandan so‘ng inqirozga uchrab kambag‘al bo‘lgandan keyin ham fitr sadaqa soqit bo‘lmaydi. 
Fitr sadaqasi vojib bo‘lish shartlari
Hur bo‘lish. Fitr moliyaviy ibodatlardan bo‘lgani uchun hur bo‘lmagan kishilarga vojib bo‘lmaydi. Chunki qulning mol-mulki bo‘lmaydi. Balki, qul xojasining mulki bo‘ladi. Agar xojasiga fitr sadaqa vojib bo‘lsa, xizmat qilib turgan qulning ham fitr sadaqasini berish xojasiga vojib bo‘ladi.
Musulmon bo‘lish. Fitr sadaqasi ibodat va u bilan qurbat (savob) hosil bo‘ladi. Ibodatlarning to‘g‘ri bo‘lishi uchun xolis Alloh uchun degan niyat bo‘lishi lozim. Bunday niyat esa faqat musulmon kishidangina durust bo‘ladi.
Nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lish. Fitr sadaqasi moliyaviy ibodat bo‘lgani uchun ma’lum bir miqdordagi mol-mulkka ega kishiga vojib bo‘ladi. Faqir va miskinlarga vojib bo‘lmaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasullulloh sollalohu alayhi vasallam sadaqa boylikni orqasidan vojib bo‘ladi”, –dedi. Imom Ahmad rivoyat qiladi.
Rasullulloh sollalohu alayhi va sallam ushbu hadisi sharifda fitr sadaqani vojib bo‘lishi boy bo‘lgan, ma’lum bir moddiy quvvati bor kishiga vojib bo‘lishini bayon qilmoqda. Islom dini yengil, uning moliyaviy ibodati ham yengil bo‘lishi kerak. Sadaqani yengil ado qilinishi ma’lum miqdordagi nisobga ega bo‘lgandan keyin bo‘ladi.
Fitr sadaqasining nisobi zakotnikidan farq qiladi
Ammo, shu narsani bilish kerakki, zakotning nisobi boshqa, fitr sadaqasining nisobi boshqa. Zakot nisobi faqat zakot chiqariladigan o‘suvchi mollardan hisob qilinadi. Fitr sadaqasining nisobi esa asliy hojatdan (ishlatilib turgan mol-mulkdan) tashqari mol-mulklar ham hisob qilinadi. Ushbu fitr sadaqasini nisobiga ega kishiga o‘zining va balog‘atga yetmagan faqir farzandining fitr sadaqasi vojib bo‘ladi. Xotinining, balog‘atga yetgan farzandining va balog‘atga yetmagan boy farzandining fitr sadaqasi vojib bo‘lmaydi. Lekin mazkurlarni fitr sadaqasini bersa ado topadi. Shu boylikka ega kishiga boshqalarning zakotini, sadaqasini va nazrini olmoq harom bo‘ladi. Shuningdek qurbonlik qilish va nafaqasiz qolgan mahram qarindoshlarning nafaqasini qilish vojib bo‘ladi.
Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?
Fitr sadaqasi zakot beriladigan kishilarga berish bilan ado etilgan hisoblanadi.
 Jaloliddin Xolmo‘minov
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus bilim yurti, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi


Manba:kun.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 2430 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beriladi, kimlarga, Fitr sadaqasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 23:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
. Benom - Daydi (remix)  
. Zohirshoh Jo'rayev - Muhabbatdan yaralgan dunyo  
. Dilso'z feat. Bahodir Nizomov - Senden Haber Yok  
. Yulduz Turdiyeva - Xush Ko'rdik  
. Abduvali Rajabov - Chaki Chaki  
. Zohirshoh Jo'rayev - Alvido  
. Ali Otajonov - Hayit Muborak Bo'lsin (2020)  
. Sardor Rahimxon - Xayr Oylar Sultoni Mohi Ramazon (2020)  
. Hojiakbar Haydarov - Allah Güzel  
. Zohid - Munir Oy  
. Kaniza - Malina  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Dilam (Piano Version)  
. G'ulomjon Yoqubov - Sog'inmabsanda  
. Yusufxon Nurmatov feat Xayrulla Hamidov - Ayirma Joynamozimdan  
. Sayyora Qoziyeva - Nega-nega  
. Jamshid Abduazimov - Ikki Yurak (Remix)  
. Shoxruz (Abadiya) - Vafosizim  
. Yulduz Turdiyeva - Inja Biyo  
. Sharq Guruhi - Shifokorlar  
. Sardor Rahimxon - Avliyolar Oramizda  

Самое Популярное
. VIA Marokand - Sevgi
. Zohid - Yo'qsan
. Umar Shamsiyev - Lolam
. O'g'irlanmagan Kelin - Medi Laga Kirakna
. Farrux Xamrayev - Ado qilding
. Shohruhxon - Sevmadimmi
. Feruza Jumaniyozova - Nadi
. Otabek - Har Kuni Bayram
. Nilufar Usmonova - Kelaqol
. Rayhon - Mahzun bo'lma