Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Habib Nurmuhamedovga Oliy unvon beriladi


Mutloq janglar chempionati UFC’ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov “Dog‘iston xalq qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ladi. Unvon sportchiga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongach beriladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu Oliy unvon va medal 10 yil avval ta’sis etilgan. Hozirgacha 20 nafarga yaqin odam ushbu unvonga munosib ko‘rilgan.

Habib 7 okyatbr, yakshanba kuni AQShning Las-Vegas shahrida Makgregor ustidan g‘alaba qozongandi. Rossiyalik sportchi irlandni to‘rtinchi raundda bo‘g‘ib olgach, u jangni davom ettirolmay mag‘lub bo‘lgandi.

Ammo jangning o‘zi qolib odamlar undan keyingi mushtlashuvga ko‘proq e’tibor berdilar. Jangdan so‘ng Nurmuhamedov oktagon tashqarisiga sakrab o‘tib, Makgregor jamoasi vakili bilan mushtlashib ketgandi.

Bu mushtlashuvga nima sabab bo‘lgani esa keyinroq ma’lum bo‘ldi. Makgregor do‘sti Dillon Denis Habibga qarab Islom dinini haqoratlagan. Bu holga sportchi chidab turolmay jang qafasidan sakrab chiqib, mushtlashib ketgan.

Habib tartibizlik keltirib chiqargani uchun UFC uni jazoladi. Sportchi 250 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Ammo sportchi jang uchun beriladigan 2 mln AQSh dollarni oladigan bo‘ldi.

Hibib Nurmuhamedovni jangdan keyin Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tabriklagan. Kecha, 10 oktabr kuni Putin Nurmuhamedov va uning otasi bilan uchrashdi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5980 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oliy unvon, beriladi, Habib Nurmuhamedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное