Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Pazanda - The Sound of Love
. Ayol Qalbi - True Love
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan 2015-yil oktabridan gazda harakatlanuvchi Lacetti ishlab chiqaradi

Joriy yilning oktabr oyidan boshlab GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ekomobillarni seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi. “Avtosanoat” axborot xizmati aynan qaysi turdagi avtomobillarga gaz ballon uskunalari qo‘yilishi yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.
“So‘nggi yillarda atrof-muhit ekologiyasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yurtimizda ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich ekologik toza yonilg‘i turlariga moslashtirilayotgani fikrimizning dalilidir. Joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlab GM Uzbekistan AJ avtomobil zavodida Lacetti avtomobillarini gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan holda ishlab chiqarib, xaridorlarga yetkazish yillik ishlab chiqarish rejasiga kiritilgan.
Mamlakatimizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ‘Avtosanoat—Landi Renzo’ qo‘shma korxonasi aynan mazkur avtomobillar uchun gaz ta’minoti tizimi uskunalarini shartnoma asosida Asaka avtomobil zavodiga yetkazib beradi. Mazkur korxona, shu paytgacha GM Uzbekistan AJning yurtimizdagi rasmiy dilerlik markazlarini sifatli gaz ballon uskunalari bilan ta’minlab kelmoqda.
Shuni aytib o‘tish lozimki, Lacetti avtomobillarini ekologik toza yoqilg‘i turiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarishda xaridorlarning talab va istaklari alohida e’tiborga olinadi”, — deyiladi “Avtosanoat” axborot xizmati bergan xabarda.
Xaridorlarning xohishiga binoan zavodda Lacetti avtomobillariga gaz ballon uskunalari o‘rnatib beriladi. Zavodda o‘rnatilgan uskunalar yuqori sifati va xavfsizligi bilan boshqalardan farq qiladi.


Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 8288 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lacetti, gazda harakatlanuvchi, GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
6539095 o'zi hamma mawinalarga o'rnatib chiqariw kerak
Like | 0
Rmr_11_12 H ;)
Like | 0
samiya Омад
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное