Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan avtomobillari savdosi Rossiyada 3 foizga kamaydi

2016-yilning fevralida Rossiyada GM Uzbekistan AJ QK avtomobillari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga kamroq sotildi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib UzDaily xabar bermoqda.
Ushbu oy davomida Rossiyada jami 1586 ta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.
2016-yilning yanvar—fevralida GM Uzbekistan AJ QK jami 2855 ta avtomobil sotdi, bu 2015-yilning shu davriga nisbatan 22 foizga kam demakdir.
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining Rossiya bozoridagi ulushi yanvar—fevralda 1,5 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2 foizga teng bo‘lgan.
Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 18-o‘rinni egalladi.


Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2813 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GM Uzbekistan, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное