Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Gonkongda keksa erkak falaj bo‘lib qolgan xotinini yoqmoqchi bo‘ldi

Gonkongda 60 yoshli erkak o‘zining falaj bo‘lib qolgan xotinini yoqmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda The South China Morning Post. Qayd etilishicha, uning 53 yoshli xotini bir necha yil oldin infarktni boshidan o‘tkazgach, to‘shakka mixlanib qolgan.
Erkak rafiqasining azoblariga barham berish uchun uning ustiga aralashma suyuqlik quyib, yoqib yuborgan. Bir necha daqiqadan keyin esa u fikridan qaytgan va alangani o‘chirgan, shuningdek, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qilgan ishini tan olgan.
Tanasining ba’zi qismlari kuygan ayol shifoxonaga olib borilgan, uning ahvoli barqaror, deb baholangan. Politsiya erkak so‘nggi yillarda unga g’amxo‘rlik qilib kelganini, buning uchun hatto restorandagi ishini tashlaganini ham aniqlagan. Hozirda juftlikning bolalari izlanmoqda, ular bir necha yil oldin ota-onasining uyidan ketgani aniqlangan. Erkak qotillikda urinishda ayblanmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4249 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: yoqmoqchi bo‘ldi, Gonkong, falaj bo‘lib qolgan, keksa erkak, xotin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Iymona Hotinim qiynalmasin dip o'ldirmohchi bo'gande. Shunda bu qiynoladan qutiladi digan. Lekn yahshi usul tanlamabdi yozip o'lish azobli. Bittada o'ldirish keregidi. Kuyvotkan hotini ko'rishga chidomi battar qiynavomman dip yana olovni o'chiriptide
Like | 0
Damir_95_ Nma borkin tinch yashashsa bomidimi
Like | 0
NaTaLi Eh xudoyimey
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное