Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulchehra Eshonqulova nega to‘yini bizdan yashirdi?

Yodingizda bo‘lsa gazetamizning 29-sonida aktrisa Gulchehra EShONQULOVA bilan bo‘lgan suhbat chop etilgandi. Muloqot jarayonida aktrisa shaxsiy hayoti haqida ham to‘xtalib, “Shu yil to‘y ekan-da?” degan savolimizga “Buni vaqt ko‘rsatadi”, deya javob bergandi.
Gazeta sotuvga chiqqanidan besh kun o‘tib, internet tarmog‘ida  aktrisa Gulchehra Eshonqulova va asl kasbi sartarosh bo‘lgan debyutant aktyor Sharof Sharapovning 30 mayda rasmiylashtirilgan nikohi va ikki oy ham o‘tmay ajrashishga qaror qilishgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Demak,  aktrisa “Darakchi” gazetasiga yolg‘on intervyu bergan. Qiziq, bundan maqsad nima edi?! Aytmoqchi, Gulchehra bilan aprel oyida qo‘ng‘iroqlashganimizda, may oyida suhbat qilishimizni so‘rab “hayotimda katta yangilik bo‘ladi”, degan. Aktrisa balki shaxsiy hayotidagi o‘zgarishni nazarda tutgan-u, biroq intervyuda nima sababdandir aytishga botinolmagan ko‘rinadi. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida aktrisa bilan bog‘lanishga urindik, biroq u na telefon qo‘ng‘iroqlari-yu va na “sms”larimizga javob berdi. So‘ng “tanganing ikkinchi tarafi”ni ham unutmagan holda Sharof Sharapovning onasi Ozoda opa bilan bog‘landik...     
— Ozoda opa, o‘g‘lingiz bilan Gulchehra Eshonqulovaning orasidagi munosabatdan xabardormidingiz?
— Yo‘q, o‘g‘lim xayit kuni uyga — Samarqandga kelganida uzr so‘rab, xato qilganini aytib qoldi. Unga qadar hech nimadan xabarim bo‘lmagan. Yodingizda bo‘lsa, “instagram”da ikkisi ham birga tushgan rasmlarini joylay boshlashgandi. O‘shanda  hamkasbi-ku, deb e’tibor qilmagandim. Chunki o‘g‘limning  aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan ham xuddi shunday rasmlari bor edi-da. Yaqinda Gulchehra bilan uyimizga kelishdi, o‘g‘lim “Samarqandni ziyorat qilmoqchi ekan”, dedi. O‘shanda Gulchehrani oldimga olib, “O‘g‘lim hali yosh, yomon yo‘lga kirib ketmasinyo xolasi qatori ekansiz, ko‘z-quloq bo‘lib turing”, deb iltimos qilgandim. Biroq, Gulchehra allaqachon uning rafiqasi bo‘lib olgani xayolimga ham kelmagan ekan.        
— O‘g‘lingizning qilmishiga munosabatingiz qanday bo‘ldi?
— Ochig‘i, bor haqiqatni bilgach, tobim qochib, uch kun shifoxonada yotdim. O‘g‘lim xatosini tushunibdi-ku, deb unga hammasini  yana bir marta og‘ir-bosiqlik bilan tushuntirdim. Sharof Samarqandda Arxitektura va qurilish institutining ikkinchi bosqichida tahsil olardi. Bilsam, Gulchehrani deb o‘qishni tashlab ketgan  ekan. Endigina 21 yoshga to‘lganini, o‘qishi, kelajagini o‘ylashi kerakligini uqtirdim.     
— Biroq internetda “Gulchehra va Sharof yana birga, muhabbatlari uchun kurashishmoqchi”, degan mazmundagi yangi xabarlar tarqaldi-ku?!
— Bu bo‘lmagan gap! Boisi Sharof hozir Samarqandda, poytaxtga qaytish niyati yo‘q, agar Gulchehra boshqacha yo‘l tutmasa... Lekin Sharof nikoh tuzilgani haqidagi guvoxnomani menga bergan va o‘zi ajrashishni rasmiylashtirish uchun advokat yollagan. Gulchehra uyimizga kelib, Sharof bilan gaplashib olmoqchiligini aytdi. O‘g‘lim esa guvohlar oldida Gulchehraning javobini berdi. Unga qadar uning ota-onasi bilan uchrashishga borgandim, ular Gulchehraning qarori bilan ish ko‘rishar ekan. Shu sabab u meni uyidan quvib soldi. Meni ajablantirgani, nega kattalar bu haqda menga bir og‘iz  aytishmadi ekan?
— Bu nikohga oilaviy qarshi bo‘lganinglar uchun o‘g‘lingiz ajrashmoqchimi yoki o‘z xohishi bilanmi?
— O‘z istagi bilan. Gulchehra ham “viber”dan “to‘g‘ri aytibsiz, biz bir-birimizga mos emasmiz. O‘g‘lingiz pasportini yo‘qotib qo‘ydi, Sharofni Samarqandga yuboryapman. Uni yosh qizga uylantiravering, ajrashish uchun sudga ariza berdim”, deb “sms” yozdi.
— Turmush o‘rtog‘ingiz bu voqeaga qanday munosabat bildirdi?
— U kishi Amerikada ishlaydi. Rosti, bu xabarni yashirgandim, biroq xabar topgach Sharofdan ranjidi. 
— Erkak kishi sifatida o‘g‘lingiz jiddiy qadam bosishdan avval oqibatlari haqida o‘ylashi kerak edi. Kattalarning roziligisiz nikohdan o‘tish kurakda turmaydigan ish. Biroq g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan. Har qalay yosh tafovuti katta  bo‘lsa-da, baxtli yashayotgan san’atkorlar ham borligini inkor etib bo‘lmaydi...
— Fikringizga qo‘shilmayman. Yosh jihatdan oralarida o‘n uch yil farq bo‘lmaganida ham ularning nikohiga rozi bo‘lardim. Qolaversa, Sharof endigina 21 yoshga kirgan talaba-ku, oilasini qanday ta’minlaydi? Bundan tashqari, Gulchehra asl yuzini ko‘rsatib bo‘ldi. Menga po‘pisa qiladigan, hurmat-izzatni bilmaydigan, o‘g‘lim haqida qayg‘urmaydigan kelin kerak emas!   
— Hamma aybni Gulchehraning gardaniga ortish noto‘g‘ri. Sharofning ham xatosi kattaligini tan olish kerak.
— Albatta! Sharofning xatosi shundaki, men va otasi bilan maslahat qilmay o‘zboshimchalik qilgan. Bilasizmi, ular orasida hech qanday muhabbat yo‘q. Balkim, o‘g‘limning nomida uy-joy bo‘lgani, qo‘lida otasi yuborgan puli bo‘lgani uchungina Gulchehraga kerak bo‘lgandir? O‘z vaqtida uy-joyni o‘z nomimga rasmiylashtirib oldim. Otasi ham pul bermay qo‘ydi. Natijani esa o‘zingiz ko‘ryapsiz: hech narsasi yo‘q Sharof Gulchehraga kerak bo‘lmay qoldi.   
ALOHIDA RAMKADA
Albatta, bu faqat bir tomonning fikri, xolos. Uni ham ma’lum sabablarga ko‘ra,  ancha-muncha “tarashlagan” holda hukmingizga havola etdik. Albatta, bir tarafga quloq tutish bilan mutlaq  haqiqatni aniqlashning  imkoni yo‘q. Bu borada Gulchehra Eshonqulovaning qanday  fikrda ekanligi hozircha  qorong‘i. Faqat birgina savol ochiq qolmoqda. Nima uchun Gulchehra gazetamizda chop etilgan suhbatida o‘n minglab o‘quvchilardan asl haqiqatni sir tutdi ekan? Axir oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi-ku?
Darvoqe, Sharof bilan ham bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Boisi onasiga “men o‘zimga kelib olaman, xavotir olmang”, deya “sms” yozgancha uyiga bormayotgan ekan. Biroq sayyod.com saytiga bergan intervyusida “Hozir Samarqanddaman va o‘z xatoimni tushunib yetdim. Ota-onamni tanladim, ularni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi, xotinni esa hamisha topsa bo‘ladi. Nikoh bo‘lgani rost, lekin turmushimiz bo‘lmadi... Ochig‘i, ko‘zlarim ko‘r edi, bilmayman nega. Xamma narsadan voz kechgandim, ota-onamdan xam. Ammo hammasini tushunib yetdim va uyimga qaytdim”, degan edi. Taajjub...
P/S: Oila – muqaddas dargoh. Shu bois, hukumatimiz tomonidan oilalar mustahg‘kamligini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki, oila jamiyatning asosi demakdir. Shu bois, oila muhabbat,  tenglik va o‘zaro ishonch poydevori ustida qurilmog‘i lozim. Bu masalada nafaqat ikki yoshning kelishuvi,  balki ota-onalarning ham roziligi, oq fotihasi kerak bo‘ladi. 
Katta hayot yo‘liga qadam bosgan yoshlar ham oila muqaddas ekanini chuqur anglab yetishi darkor. Bu haqiqatni ayrim yosh  san’atkorlarimiz ham tushunib yetishi lozim: Turmush “xontaxta” filmdagi rol emaski, bugun oila qurib, ertaga ajrashish mumkin bo‘lsa? Axir juda ko‘p yoshlarimiz mashhur san’atkorlarga havas qiladi, intiladi, taqlid qiladi. Shu bois bunday “yulduzlarimiz” o‘z zimmasidagi mas’uliyatni his etib, san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish haqida qayg‘urishi maqsadga muvofiqdir.

 
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16204 | Комментарии: 9 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Gulchehra Eshonqulova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 9
Nargiza_96 Kotta ayb Gulchehrada
6ylamay iw qilgan
Sharofni onasi haq wuncha yil 6stirgan farzandini orzu havaslari borDir
Like | 0
azikaaaa96 Qars ikki qoldan chiqadi faqat gulchehrani ayblaw notogri sharof ozi xoxlamasa gulchexra xam boyniga osilvomidiyu xamma ozini bolasini oqlidi gap yowda emasku paygambarimiz xam ozidan on bew yow kottaga uylanganlar.
Like | 0
Nurzod_AvNd Gulchehra kim-u? "AYOLLAR SHARTAROSHI KIM"? Xayf senga shunday qiz...
Like | 0
5913435 jaxlim cqvotti onasini gaplaridan
Like | 0
NaTaLi Ehh
Like | 0
oxun1992vrn asosiysi - sharof xatosini tushuniptiku
Like | 0
Dilso'z пишет: | 02.09.2015 | 20:22 #3 Страница с комментарием
omina1710 Ozlariga mosini tanlasa bo'midimi nima qiladi o'zidan kattaga uylanib, ozidan kichkinaga tegib, naxot teng tengi b.n degani shu bo'lsa
Like | 0
2536789 har bir insonda ayb bordib o`yliman. Gulchehrada ham Sharofda ham, lekin bowidan o`tkazmagunca hec kim
to`ri m,aslahat bera omidi
Like | 0
Behzod_5995 Lekin yomon bulibdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное