Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Gulchehra Eshonqulova: So‘nggi vaqtlarda chiqayotgan aksariyat filmlar bir chaqaga arzimaydi

Taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida bugungi o‘zbek filmlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
— San’atga qadam qo‘yganimdan buyon rol tanlayman. Shu kungacha birorta bo‘lar-bo‘lmas filmda chiqmaganman. Shuning uchun muxlislar aktrisa sifatida sog‘inishsa kerak. So‘nggi vaqtlarda katta ekranlarga chiqayotgan aksariyat kinokartinalar bir chaqaga arzimaydi. Men iste’dodimni bunday “film”lar uchun sarflaydigan aktrisa emasman! Ancha vaqtdan beri “portlash” darajasidagi filmning o‘zi bo‘lmadi, shuning uchun ham Gulchehra Eshonqulova kinoda yo‘q. Mahoratli rejissyor va “yuk”i bor ssenariylarning menga yetib kelishi qiyin bo‘ldi, xolos. Hozir “Mehmona” nomli serialida bandman.
— Bugun filmlarda yangi chehralar bosh qahramonlar rolini o‘ynayapti. Siz bu davrdan o‘tdingizmi yo hali ham bosh rollarga da’vogarlik qila olasizmi?
— Yangi chehralar mendan oldin ham chiqqan, keyin ham chiqadi. Bu jarayonni to‘g‘ri qabul qilaman. Ko‘zlarini pirpiratib, sochlari shamolda uchib turadigan qahramonlarni o‘ynaydigan davrdan o‘tdim. Bunday rollarni boshqa aktrisalar o‘ynay qolsin. Bosh roldan ko‘ra “yuk”i bor ikkinchi plandagi rolni afzal bilanman. Ochig‘i, hamkasblarim orasidan Dilnoza Kubayeva, Gulchehra Eshonqulovadan iborat bo‘lgan kuchli ikkitalikka kira oladiganlarni izlagandim.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8809 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Gulchehra Eshonqulova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
Muslima979797 Gulchexraa opa gozalsz ch
Like | 0
nodirbekturakulov tori
Like | 0
_Yagona_ T6g'ri fikr bildiribdi. Bir chaqaga arzimasligi rost pfff
Like | 0
Damir_95_ Tori
Like | 0
Muslima979797 unsure zorku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное