Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimova koloniyada nima ish qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan shahrisabzlik mahkuma u bilan birga bir joyda jazo muddatini o‘tagan Gulnora Karimova haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Karimova bilan birga “o‘tirgan” mahkumadan Kun.uz intervyu oldi.

Uning aytishicha, Gulnora Karimova koloniyaga ilk kelgan vaqtida bu yerdagi sharoitlarga ko‘nikkan. «Qovun qovundan rang oladi. U ham bizdan ‘rang oldi’. Ammo keyinchalik mahkumalar va xodimlarga muomalasi o‘zgara boshladi. Oxir-oqibatda o‘zining hurmatini yo‘qotdi», — dedi mahkuma.
«U bilan juda ko‘p salomlashavermasdim, chunki ertalab ishga ketardim. Kechki payt esa kutubxonaga borardim... U davlatdan qarzi bo‘lgani uchun muassasa hududidagi ishlab chiqarish korxonasida ishlardi. Shu korxonada tikuvchi edi», — deya ma’lum qildi mahkuma.
Shahrisabzlik mahkuma qamoqdoshi Gulnora Karimova qamoqxona ovqatlaridan bosh tortib, faqat pechene yeb kun ko‘rgani haqidagi gaplar qisman haqiqat ekanligini aytdi. «Bu yerdan ham ovqatlanardi, uyidan kelgan ‘peredacha‘larni ham yerdi», — dedi u.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8741 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum bo‘ldi, qilayotgan, Gulnora Karimova, koloniya, nima ish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное