Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Harakatdagi Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

Kecha, 4 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 19:55 atrofida viloyatning Chiroqchi tumanida joylashgan “Annaro‘z” jome masjidi binosining ro‘parasida sodir bo‘lgan.
1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan. Bu vaqtda mashina harakatda bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi va unga o‘rnatilgan gaz ballonlarning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining portlash holatlari avval ham qayd etilgan. Joriy yilning sentabr oyi oxirida Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz balloni portlab ketgan bo‘lsa, oktabr oyi boshida Surxondaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida portlab ketdi.
Farruxjon Murodqulov


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2305 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nexia, portlab ketdi, gaz balloni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное