Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda

 

Uzoq kutilgan serial “Mehmonxona”ni sentyabr oyida efirga berishni reja qilgan rejissyor Akrom Isoqov O`zbekiston boks federasiyasi va Rossiya, Qozog`iston, Amerika kinoijodkorlari hamkorligida boks hayotiga bag`ishlangan filmning tayyorgarlik ishlarini boshladi...

Film haqida: Yurtimizda sportga qaratilayotgan e`tibor, yoshlarning ham aqlan, ham jismonan etuk bo`lishga intilishi va albatta, olimpiada chempionlarining hayoti, faoliyati yoritiladi. Chempionlikkacha bo`lgan yo`ldagi to`siqlar, ularni engib o`tish, qisqasi bari real voqealarga asoslangan. Bosh rol ijrochisi - Olimpiada chempioni, turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do`stmatov.

— Nega aynan boks mavzusidagi filmga qo`l urdingiz?

 

— Hozir ko`pgina yoshlardan Muhammadqodir Abdullaev kimligini so`rasangiz, “Kim u?” degan javobni olasiz. Vaholanki, bu sportchi – birinchi olimpiada chempioni! Vaqtida u haqida etarlicha filmlar qilinmagan. Aytmoqchi bo`lganim, film qilishga arzigulik zamonamiz qahramonlari ko`p, lekin negadir e`tiborsiz qolib ketaveradi. Shu bois olimpiada chempionlarining mashaqqatli mehnatlarini film orqali tarixga muhrlamoqchiman.

Bilasizmi?

  • Filmda bosh rollarni Karim Mirxodiev, Behzod Muhammadkarimov, Farhod Mahmudov, Javohir Zokirov, Hasanboy Do`smatov, Shahram G`iyosov kabi ko`plab professional o`zbek va xorij aktyorlar va sport ustalarini ko`rishingiz mumkin.
  • Filmning ishchi nomi “Chempion”.

O`ziga xos dalillar:

  • Ssenariy O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida yozilyapti.
  • Suratga olish ishlari kuzda boshlanadi.
  • Suratga olish ishlari 1 yil davom etadi.
  • Suratga olishning 50 foizi O`zbekiston va 50 foizi xorijda o`tadi.
  • Professional aktyorlar 3 oy davomida boks murabbiyidan dars oladi.
  • Premera 2018 yil yakunida.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4678 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chempion, Hasanboy Dostmatov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Klass zo'r !!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное