Hilol Nasimov «O‘zbekfilm»ga direktor etib tayinlandi
Taniqli aktyor va rejissyor, ssenariynavis, Hilol Nasimov «O‘zbekfilm» aksiyadorlik jamiyati direktori etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi saytida ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 15 oktyabrida «O‘zbekfilm» rahbari o‘zgargan, Zamir Arinov o‘rniga Komiljon Shamsiddinov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlay boshlagandi.