Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Hindistonning eng mashhur oilasi - Bachchanlar haqida qiziqarli faktlar

Hindistonlik afsonaviy aktyor Amitabx Bachchandan so‘ng uning o‘g‘li Abxishek, kelini Ayshvariya, nevarasi Aradhyada koronavirus aniqlanganidan so‘ng oila omma e’tiboriga tushdi. Quyida Bollivudning eng mashhur oilasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.

1.Yulduzli oilaning asl familyasi Bachchan emas, Shrivastava hisoblanadi. Amitabxning otasi Xarivansh Ray, XX asrda ijod qilgan, Hindistonda ko‘zga ko‘ringan shoirlaridan biri bo‘lgan va Bachchan taxallusi aynan u tomonidan tanlab olingan. Shunda buyon Shrivastava o‘rniga Bachchan familyasi qo‘llanib kelinadi.
2.Xarivansh Ray Bachchan Hindiston tarixida, Kembrij universitetda ingliz adabiyoti bo‘yicha doktorlik darajasini olgan ikkinchi inson hisoblanadi. Shuningdek, hind tilining rasmiy til deb e’lon qilinishida ham hissasi beqiyos.
3.Avvaliga Amitabxning onasi uni Inkilabx deb atagan.
4.Amitabx va Jaya turmush qurganida aktyor endi tanilayotgan, rafiqasi esa mashhur bo‘lib ulgurgandi.
5.Jaya har qanday vaziyatda ham oilani mustahkam ushlab tura olgani uchun, uni “Bachchanlar oilasining Gitleri” deb atashadi.
6.Abxishek va Shveta bolaligida har kuni kechqurun badminton o‘ynagan.
7.Shveta Bachchan, parodistlikka usta, u oila a’zolarining ovozini qoyillatib o‘xshatib bera oladi.
8.Amitabx Bachchan, o‘ng va chap qo‘lida ham bir xil yoza oladi.
9.Abxishek, Ayshvariya Ray bilan turmush qurishidan avval, Karishma Kapur bilan unashtirilgan bo‘lgan, ammo oilaviy kelishmovchiliklar sabab munosabatlarga nuqta qo‘yilgan. Shundan keyin Rani Mukerji bilan ham sevishgan.
10.Abxishek rafiqasi Ayshvariya Raydan ikki yosh kichkina.
11.Amitabx Bachchan muhandis bo‘lishni istagan, lekin taqdir taqozosi bilan aktyorlikni tanlagan.
12.Avvalroq, Amitabx va Abxishek Bachchanda, keyin esa Ayshvariya Ray va qizi Aradhyada koronavirus aniqlandi.


Manba:daryo.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 6999 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bachchanlar, Ayshvariya Ray, eng mashhur oilasi, Amitabx Bachchan, qiziqarli faktlar, Hindiston, haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное