Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Homilador ayol tabibning gapiga kirib, boshiga mix qoqdi

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh viloyatida to‘rtinchi qizini kutayotgan homilador ayol o‘g‘il farzand dunyoga keltirish uchun boshiga mix qoqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning eri agar bu safar ham o‘g‘il tug‘masa, uni tashlab ketishini aytib, tahdid qilgan. Shundan so‘ng, ayol mahalliy tabiblardan birining yoniga yordam so‘rab borgan. 

Tabib unga "boshiga mix qoqsa, ultratovush tekshiruviga qaramay, o‘g‘il dunyoga kelishini", aytgan. Ayol eridan ajrab qolmaslik va o‘g‘il farzand dunyoga keltirish maqsadida tabibning aytganlarini qilgan. 

Qon ketishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan ayolning shifokorlarga ma’lum qilishicha, avvalroq, uning qiz tug‘ishi aytilgan do‘sti tabib aytgan "usul"ni qo‘llagan va o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Xabarga ko‘ra, voqeaga aloqador tabibni ushlash uchun politsiya maxsus guruh tuzgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari begunoh ayolning hayoti bilan o‘ynashib, boshiga mix qoqsa o‘g‘il tug‘ilishini va’da qilgan soxta tabibni javobgarlikka tortish niyatida. 

OAV xabariga ko‘ra, jabrlanuvchining uch qizi bor. 

"U uch oylik homilador edi va eridan qo‘rqib, tabibga bordi. Tabib unga omad tumori, o‘qish uchun matnlar va mix berdi. Keyin u uyiga qaytib kelib, boshiga mix qoqdi. Og‘riqdan qichqirganidan keyin oila a’zolari uni topib, shifoxonaga olib kelishdi”, deydi shifokorlar.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2825 | Рейтинг: 0| Рейтинг: homilador, gapiga, mix, qoqdi, tabibning, kirib, Ayol, boshiga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное