Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Hosila Rahimova: “Safar oldi hayajonim ikki karra ko‘p, chunki...”


“O‘zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” ikkinchi xalqaro kongress doirasida o‘zbek san’at ustalari ijrosida konsert dasturi ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Ushbu madaniy anjumanda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova kabi mashhur san’atkorlarimiz ham qatnashishadi. Biz esa safar oldidan Hosila Rahimova bilan suxbatlashishga qaror qildik.

Hosila Rahimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

— Birinchi navbatda meni “ O‘zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” nomli kongressga taklif qilishganidan juda hursand bo‘ldim. O‘zbekiston madaniyatini chet elda namoyish etish men kabi boshqa san’atkorlar uchun ham katta sharaf, nazarimda.

Bilasizmi, aslida bu anjumanga bejizga meni ham taklif qilishmadi, deb o‘ylayman. Chunki mening ham tanlagan ijod yo‘lim qaysidir ma’noda tarixga borib taqaladi. Zero, o‘zbek folklor qo‘shiqlarining ijrosi bilan ota-bobolarimizdan meros qolgan musiqiy yo‘nalishni ommalashtirish ijodiy faoliyatimdagi ulkan maqsadlarimdan biri bo‘lib kelgan. Dunyoning turli chekkalaridan kelgan mehmonlar qarshisida milliy musiqamizni ko‘rsatish esa o‘ziga yarasha mas’uliyatli vazifadir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bugun safar oldi hayajonim ikki karra ko‘proq. Ammo hammasi ko‘ngildagidek o‘tishiga ishonchim komil. Axir bizning tariximiz, madaniyatimizni dunyo tanib, tan olib kelgan. Uchrashuvda hali bunga yana bir karra amin bo‘lamiz.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4416 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hayajonim, chunki, Safar oldi, ikki karra ko‘p, Hosila Rahimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное