Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Jumong-soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

IIFA 2015! Nomzodlar e’lon qilindi!

Xalqaro hind kinoakademiyasi 16-taqdimotining asosiy nominatsiyalariga kiritilgan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.  Videocon D2H IIFA kunlari va taqdimot marosimi joriy yilning 5-7 iyun kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.
2014-yilda boks-ofisda “bo‘ron” ko‘targan quyidagi filmlar bir necha nominatsiyalarda nomzod sifatida “hokimlik” o‘rnatdi: “2 shtat”(9 ta nominatsiya), “Haydar” (8 ta nominatsiya), “PK” (6 ta nominatsiya), “Qirolicha” (5 ta nominatsiya).
IIFA tashkilotchisi - Wizcraft kompaniyasi direktori Andre Timmins shunday deydi: “Hind kinosining yildan yilga nufuzi oshib borayotgani quvonarli hol. O‘tgan yil turli janrlar rivojlanishi, yangi talantlar kashf etilishi uchun juda qulay imkoniyatlar yaratdi. Bu yilgi nominatsiyalarda esa juda yirik filmlar bir-biriga raqiblik qiladi".
Bu yil “Eng yaxshi bosh rol” uchun Shohruh Xon (“Yangi yil bilan”), Amir Xon (“PK”), Ritik Roshan (“Beng-beng”), Arjun Kapur (“2 shtat”), Shahid Kapur (“Haydar”)  va Randip Huda (“Shosse”) “kurashadi”. Aktrisalardan “Eng yaxshi bosh rol” uchun nomzodlari e’lon qilinganlar: Dipika Padukone (“Yangi yil bilan”), Priyanka Chopra (“Meri Kom”), Rani Mukerji (“Mardonavor”), Anushka Sharma (“PK”), Kangana Ranaut (“Qirolicha”) va  Aliya Bxatt (“2 shtat”).
 IIFA (Xalqaro hind kinoakademiyasi) haqida
Wizcraft xalqaro kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan  IIFA  taqdimoti Janubiy Osiyodagi eng nufuzli taqdimotlardan sanalanadi. Qizaqarliligi bobida esa dunyoning eng tomoshabop shousi hisoblanib, har yili 800 millionga yaqin muxlis ko‘zini zangori ekranga qadaydi! IIFA kengqamrovli loyiha sanalib, uning doirasida festivallar, seminarlar, ko‘rgazmalar, global biznes-forumlar va voqealar kulminatsiyasida taqdimot marosimi o‘tkaziladi.  

IIFA 2015! ENG ASOSIY 4 NOMINATSIYA:
 
1.“Eng yaxshi film”
“Qirolicha” (VIACOM 18 MOTION PICTURES, VIKRAMADITYA MOTWANE & ANURAG KAShYAP)
“2 shtat” (SAJID NADIADWALA & KARAN JOHAR)
“PK” (VINOD ChOPRA FILMS & RAJKUMAR HIRANI FILMS)
“Haydar” (UTV MOTION PICTURES & VIShAL BHARDWAJ PICTURES)
“Shosse” (SAJID NADIADWALA & IMTIAZ ALI)
“Meri Kom” (VIACOM 18 MOTION PICTURES & SANJAY LEELA BHANSALI)
                                 
2. “Eng yaxshi rejissyor”
Vikas Bahl – “Qirolicha”
Vishal Bardvaj  – “Haydar”
Rajkumar Hirani – “PK”
Abhishek Varman – “2 shtat”
Imtiyoz Ali – “Shosse”
                                 
3. “Eng yaxshi bosh rol”
Shahid Kapur (“Haydar”)
Amir Xon (“PK”)
Arjun Kapur (“2 shtat”)
Ritik Roshan (“Beng-beng”)
Randip Huda (“Shosse”)
Shohruh Xon (“Yangi yil bilan”)
                                 
4.  “Eng yaxshi bosh rol”
Kangana Ranaut  (“Qirolicha”)
Alia Bhatt (“2 shtat”)
Priyanka Chopra (“Meri Kom”)
Dipika Padukone (“Yangi yil bilan”)
Rani Mukxerji (“Mardonavor”)
Anushka Sharma (“PK”)
 
G‘oliblarni esa taqdimotga borganda bilamiz! Kuzatib boring!
 
Jasur HAMROYEV


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 5912 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Nomzodlar, e’lon qilindi, IIFA 2015
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное