Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qirolicha - Soundterck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qaqnus - Mal De music
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Taqdir O'yini-Va Bank
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UzMobile GSM tarmog‘i tariflari e’lon qilindi

“O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati 15-aprel kuni ishga tushiriladigan UzMobile GSM tarmog‘i tariflarini e’lon qildi.
Xabarda aytilishicha, tarmoqqa ulanish bepul bo‘lib, O‘zbekiston ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun kamida 2 dollar, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun esa 5 dollar miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish zarur.
UzMobile GSM ikki xil: Start va UzMobile 4000 tarif rejalarini taqdim etadi. Faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan Start tarifida kuniga 0,15 dollarlik abonent to‘lovi mavjud bo‘lib, oyiga 250 daqiqalik vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarmoq ichida 0,015 dollar (1,5 sent), tarmoq tashqarisida 0,02 dollarga teng, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar esa bepul. Shuningdek, rejada 120 Mb internet-trafik qo‘shib beriladi. Undan tashqari ketadigan trafikning 1 megabayti 0,05 dollar deb hisoblanadi. Chiquvchi SMS narxi esa 0,015 dollarga teng.

Uzmobile 4000 tarif rejasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalana oladi. Unda abonent to‘lovi oyiga 20 dollar bo‘lib, 4000 daqiqa vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq ichidagi va tashqarisidagi qo‘ng‘iroqlar 0,01 dollar (1 sent)dan hisoblanadi. Shuningdek, tarifga 600 Mb internet va 600 ta bepul SMS ilova qilinadi. Limitdan oshgach, 1 Mb internet uchun 0,03 dollar, har bir chiquvchi SMS uchun esa 0,005 dollar ushlab qolinadi.
Shuningdek, saytda internet-paketlar, VPN-paketlar tariflari, korporativ mijozlar va byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun tarif rejalari, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar batafsil keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi dastlab 10-aprelga belgilangan, so‘ng zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan 15-aprel kuniga ko‘chirilgan edi.
UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O‘zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15-aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq “O‘zbektelekom” AK UzMobile filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 9855 | Рейтинг: 1| Рейтинг: GSM, e’lon qilindi, tarif, tarmog‘i, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное