Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UzMobile GSM tarmog‘i Toshkent shahrida 4G bo‘lishini ma’lum qildi

Zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining ishga tushirilishi ilgari e’lon qilingan sana (10 aprel)dan 15 aprel kuniga ko‘chirilgani ma’lum bo‘lgandi.

“O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar berganidek, UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O‘zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15 aprel kuni soat 14:00dan boshlanadi.
7aprel kuni UzMobile GSM abonentlariga taklif etiladigan raqamlar ma’lum bo‘lgani xabar qilingandi.
9 aprel kuni «Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘lgandi.
14 aprel kuni kompaniya saytida tarmoqning hududlardagi qamrov darajalari haqidagi ma’lumot beruvchi ro‘yxat joylashtirildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri va 14 tumandagi 78 aholi punktida 2G dan 4G gacha bo‘lishi bildirilgan.
Ma’lumot uchun, «O‘zbektelekom» – AK butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi.
Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.
Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta — UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOMTV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho‘’ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxiriga kelib, 14 ming nafarni tashkil etgandi.
«O‘zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma’lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2847 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GSM, 4G, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное