Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Zerda - Soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

«Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘ldi

 15 apreldan ish boshlashi kutilayotgan «Uzmobile»ning GSM tarmog‘i uchun chiqarilgan tarif rejalari va ularning narxlari yozilgan suratlar internetda paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra yangi ish boshlaydigan operator «Yaqin», «Yaxshi», «Yana» va «Ajoyib» nomlari ostidagi to‘rtta tarif rejasini o‘z ichiga oladi.

«Yaqin» tarif rejasida kunlik abonent to‘lovi 5 sentni tashkil qiladi. Tarif oylik bepul 30 daqiqa va 50 mb bepul internet trafigini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari (30 daqiqalik limit tugagach) 2,5 sentn tashkil qiladi. «Yaxshi» tarif rejasida esa kunlik abonent to‘lovi 15 sent bo‘lib, 250 bepul daqiqa va 120 mb bepul internet trafigi o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari 2 sent, bitta SMS-xabar esa 1,5 sentni tashkil qiladi.
«Yana» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 12 dollar bo‘lib, bunda oylik 1200 bepul daqiqa va 300 mb bepul internet trafiklari bonus sifatida belgilab qo‘yilgan. O‘zbeikston bo‘ylab boshqa qo‘ng‘iroqlar 2 sent, tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar va O‘zbekiston bo‘ylab bitta SMS-xabar narxi esa 1 sentni tashkil qiladi. «Ajoyib» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 20 dollarni tashkil etadi. Tarif oylik 4000 ming daqiqa va 600 mb internet trafigini bonus sifatida taqdim etadi. O‘zbekiston bo‘yicha boshqa har qanday qo‘ng‘iroqlar 1 sent, bitta SMS-xabar narxi esa yarim sentni tashkil qiladi.
Kompaniya prays-qog‘ozida yozilishicha, «Yaqin», «Yaxshi» tarif rejalari faqatgina jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi. «Yana» va «Ajoyib» tarif rejasidan esa jismoniy va yuridik shaxslar bir vaqtning o‘zida foydalanishi mumkin.
Manba:kun.uz


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 11994 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GSM, tarif reja, tarmog‘i, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
dilwadbey пишет: | 02.12.2018 | 00:31 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Nega intrnet narxi qimmat
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное