Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. TisMarHan-soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Uzmobile Toshkentda yangi raqamlarni muomalaga kiritadi

Uzmobile uyali aloqa operatori 2014-yilning 1-martidan Toshkent shahri abonentlari uchun yangi numeratsiya ochadi. Bahorning ilk kunidan poytaxtda yangi abonentlar 143-XX-XX, 169-XX-XX ko‘rinishidagi yangi raqamlarga ulanishlari mumkin. Bu xususda mobinfo.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Uzmobile operatorining abonentlari soni 300 mingdan oshgan.

Avval ham xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi "Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, "O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Uzmobile filiali negizida milliy mobil aloqa operatori tashkil etilmoqda.

Rejaga ko‘ra, 2014-yil mobaynida poytaxtda 1020 ta tayanch stansiyasi, 500 komplekt radiorele jihozi hamda 2 million raqamga mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi o‘rnatiladi. 2015-yilda mazkur milliy operator tarmog‘i bilan barcha viloyatlar markazlari, 2017-yil davomida esa respublikaning barcha aholi punktlarini qoplash rejalashtirilgan.

Mobinfo.uz bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yil oxirigacha Uzmobile butun O‘zbekiston bo‘ylab 3986 ta tayanch stansiyasi va 4000 komplekt radiorele jihozi o‘rnatadi. Shuningdek, jihozlarni zaruriy quvvat bilan ta’minlash uchun avtonom quyosh fotoelektr tizimlari ham o‘rnatish ko‘zda tutilgan.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3990 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Lazy-boy-95 oddiy simkartalar 4iqarsa zur bo'lardi!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное