Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“O‘zbektelekom” 60 million dollarga magistral tarmoqlarni kengaytiradi

Mamlakatimizning butun hududini qamrab olgan eng yirik telekommunikatsiya operatori – "O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi joriy yilda o‘z faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kompaniyaning matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib "Jahon” axborot agentligi xabar bergan.

Jumladan, Xitoy Eksimbankining 60 mln AQSh dollaridan oshiqroq miqdordagi krediti hisobiga "O‘zbektelekom” magistral tarmoqlarini tuman markazlarigacha kengaytirish va zaxiralash loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Telekommunikatsion tarmoqning ishonchliligini oshirish va ma’lumot uzatish imkoniyatini 100 Gbit/s gacha yetkazish maqsadida, milliy operator zamonaviy aloqa uzatish uskunalarini o‘rnatishni mo‘ljallagan.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, 2013-yil dekabrda "O‘zbektelekom” AK "yagona oyna” tamoyili bo‘yicha ishlaydigan sakkizta yangi ofisini ishga tushirdi. "Yagona oyna” nuqtalari orqali abonentlarga bir joyning o‘zida barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3036 | Рейтинг: 2| Рейтинг: UzOnline, O‘zbektelekom, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное