Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Uzonline va UzMobile tarmoqda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi

26-noyabrdan 7-dekabrgacha soat 22:00 dan 6:00 gacha Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida “O‘zbektelekom” AK bo‘limlarida modernizatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli aloqa sifati yomonlashuvi va uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda kompaniyaga tayanib, “Terabayt.uz” xabar beradi.
Shuningdek, mobil aloqani yaxshilash va CDMA tarmog‘ini takomillashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 28-noyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahrida va 30-noyabrga o‘tar kechasi Qarshi shahrida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.
Aloqa kompaniyalari yuzaga kelgan noqulayliklar uchun mijozlardan uzr so‘ragan.
“O‘zbektelekom” Respublikadagi yirik telekommunikatsiya operatoridir. Kompaniya operatorlarga kanallarni ijaraga berish, ovozli aloqaning barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, internet tarmog‘iga chiqish va boshqa xizmatlar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya tarkibida 22 filial mavjud.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2936 | Рейтинг: 1| Рейтинг: tarmoqda uzilishlar, ogohlantirdi, bo‘lishi haqida, UzOnline, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное