Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Nihol” musiqa mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi

«Istiqlol» saroyida 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohibi etib kamolga yetkazish, estetik didi va tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishning asosiy sharti sifatida musiqa san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi. 
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’sis etilgan «Nihol» mukofoti bilan estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasida yurtdoshlarimiz yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar taqdirlanmoqda. 
«Nihol» mukofotiga saralash uch bosqichli tizimda o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad chekka hududlarda yashab, ijod qilayotgan iste’dod egalarining ijodini targ‘ib etishdan iboratdir. 
Bu yilgi tanlov ham yuqori saviyada, bayramona ruhda tashkil etildi. Tanlovni o‘tkazish uchun taniqli rejissyor va prodyuserlar, shoir va bastakorlar, musiqashunoslar, xoreograflar, san’at ustalari keng jalb etilgani yoshlarning salohiyati va qobiliyatini to‘la o‘rganish imkonini berdi. «Nihol» mukofotining 2015 yilgi sovrindorlari e’lon qilinadi.
Estrada san’ati yo‘nalishi bo‘yicha:
Shahzodbek Sobirjonov (Andijon viloyati),
Shiraz Tursinboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi),
Bekzod Bahromov (Namangan viloyati),
Farangiz Shamsiyev (Samarqand viloyati), Dilmurod Sultonov (Xorazm viloyati);
mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha:
Sayyod Jo‘raev (Buxoro viloyati),
Bahodir Sayidov (Navoiy viloyati),
Alisher Ahmedov (Toshkent shahri);
musiqa ijrochiligi bo‘yicha:
Shahzod Asatullaev (Qashqadaryo viloyati), Dostonjon Mirzokarimov (Sirdaryo viloyati);
opera ijrochiligi bo‘yicha Zarnigorxon Umarova, Dildora Mirsodiqova (Toshkent shahri), Iqboljon Rahmatov (Farg‘ona viloyati), Aminzoda Jumaniyozov (Xorazm viloyati);
raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Sehriyo Mirzayeva (Toshkent shahri) mazkur mukofotga loyiq topildi. Ularga diplom va mukofotlar tantanali tarzda topshirildi. 
”Kamtarona ijodim Prezidentimiz mukofotiga loyiq ko‘rilganidan g‘oyat mamnunman, – deydi 2015 yilgi «Nihol» mukofoti sovrindori Sayyod Jo‘raev. – Ushbu mukofot bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, unga munosib bo‘lishga, tomoshabinlar qalbidan joy oladigan yuksak saviyali yangi qo‘shiqlar yaratishga chorlaydi”. 
Tantanali kechada san’at ustalari va «Nihol» mukofotining sovrindorlari ishtirokida gala-konsert namoyish etildi. 


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7223 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: e’lon qilindi, musiqa mukofoti, Nihol, nomi, sovrindorlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
begim4155 Tabriklemz mukofot sovrindorlarini F
Like | 0
NuR_KR Shiraz Tursunboevga oldagi ijodida omad
Like | 0
BaBy_DiNoOo Shiraz Y
Like | 0
NaTaLi Barakalla
Like | 0
Irodabonu Барча совриндорларни табриклайман ва омад тилайман
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное