Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ijaradagi yashash uyida fohishaxona ochgan ayol ustidan jinoyat ishi ochildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Jizzax shahar, Ittifoq mahallasidagi 14-uyda ijarada istiqomat qiluvchi 1991 yil tug‘ilgan ayol X.M.ning qo‘shmachilik faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro X.M. ijaradagi yashash manzilida Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi 1995 yil tug‘ilgan Q.J. hamda Bunyod mahallasida istiqomat qiluvchi 1996 yil tug‘ilgan S.U. larni Sharof Rashidov tumani, Qorayontoq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1986 yil tug‘ilgan ayol E.S. bilan yaqin munosatga kirishishlariga sharoit yaratib bergan vaqtda fosh etilgan. 
Fohishaxona saqlab kelgan ayoldan daliliy ashyo sifatida 250 ming so‘m pul hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3165 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ijaradagi yashash uyida, Fohishaxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное