Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Instagram o‘z dizaynini o‘zgartirdi va qora-oq rangga kirdi

Instagram o‘z mobil dasturi belgisini va xabarlar tasmasini o‘zgartirdi. Fotoxizmatning sxematik kamera ko‘rinishdagi jigarrang logotipi “kamalak” rangiga o‘zgargan. Bundan tashqari, Instagram kompaniyasi interfeysdagi bir necha,
rangli qismlarni olib tashlagan. Aytilishicha, bu qismlar foydalanuvchilarni fotosuratlar va videolardan chalg‘itgan. 
Fotoxizmatning yangi rusumining tepa qismida joylashgan ko‘k panel va past qismidagi qora panellar shaffof ko‘rinishga aylandi. Bundan tashqari, Instagram’da iOS va Android platformalari uchun mo‘ljallangan shriftlardan foydalanildi.

Instagram muallifligidagi quyidagi mobil dasturlar ham o‘z logotiplarini o‘zgartirishdi: kollajlar uchun yaratilgan Layout xizmati, Hyperlapse va Boomerang videoxizmatlari.
Instagram matbuot xizmatining so‘zlariga ko‘ra, yangi ko‘rinish bugungi kundagi yuklanayotgan fotosuratlar va videolarning xilma-xiligini aks ettiradi.
«Oxirgi besh yil ichida Instagram hamjamiyati juda o‘zgardi: endilikda bu foydalanuvchilar ishlov berilgan fotosuratlarni yuklaydigan maydon emas, balki bu insonlarning butunjahon bo‘ylab kuniga 80 million foto va video chop etadigan hamjamiyatga aylandi», deb ta’kidlashdi kompaniya vakillari.


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 6184 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Oyqiz ertagi, Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное