Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Titanik-soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Oyqiz ertagi - o‘zbek kinosining eng qimmat tarixiy blokbasteriga aylandi

Akbar Bekturdiev rejissyorligida suratga olingan  «Oyqiz ertagi» filmining treyliri chiqqanidayoq ko‘pchilikda kartinani ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq ortgan edi. 
«Oyqiz ertagi»da bosh rollarni ijro etgan Yigitali Mamajonov  va Yulduz Rajabova filmda o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solishgan. Shu o‘rinda Yigitali Mamamjonov jang sahnalarini kaskadyorsiz o‘zi bajarganini, Yulduz Rajabova ham bu film uchun ancha jonbozlik ko‘rsatganini suhbatlardan birida rejissyor aytib o‘tgan edi.
Rejissyor filmga osmondan nom olib qo‘ymagan… Filmdagi voqealar  Sarang malikasi Oyqiz tomonidan hikoya qilinadi. Rejissyor ushbu filmga dastavval “Cho‘l malikasi” deya nom qo‘yishni o‘ylaydi, ammo keyinchalik uning fikri “Oyqiz ertagi”da to‘xtaydi.
Filmda Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabovadan tashqari Alixan, Ma’ruf Otajonov, Dilbar Ikromova, Xayrulla Sa’diev, Feruza Sobitova va boshqalar ishtirok etgan.
Film Xorazm viloyati, ichkari cho‘l hamda Ichanqal’ada, shuningdek, Toshkent viloyatining so‘lim joylarida suratga olingan. Bundan tashqari film uchun O‘zbekfilm pavilonida 9 ta maxsus dekoratsiya ham qurilgan.


Film uchun “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan ajratilgan mablag‘ ham ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. “Oyqiz ertagi” filmi uchun “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan 1 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ sarflangan. 

“Oyqiz ertagi” filmi 2014 yildan buyon suratga olinmoqda. “Baron” filmining rejissyori Rustam Sa’diev o‘zining Facebook’dagi sahifasida “Oyqiz ertagi” filmining video lavhasini joylashtirib “O‘zbek kinosida yangi davr boshlanyapti”, deya qoldirgan izohi ham ko‘pchilikning qiziqishini orttirgan edi.



Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5406 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oyqiz ertagi, Yulduz Rajabova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное