Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 6’ga juda o‘xshash bo‘lgan 6 ta arzon smartfon

“Hi-tech.mail.ru” nashri Apple kompaniyasining iPhone smartfonlariga juda o‘xshash bo‘lgan boshqa brend qurilmalarini sanab o‘tdi.  Bular — Lenovo S90, Lenovo S60, ZTE Blade X7, ZTE Blade S6, Meizu M2 Note va teXet iX-maxi. Biroq ular narx jihatidan iPhone’dan ancha arzon.
Lenovo S90
Lenovo S90 Android’da ishlab, doira shaklidagi Home tugmasiga ega bo‘lmasa-da, yaxlit metall korpusi, dinamiklar, kameralar va vspishkaning joylashuvi, plastik antenna, shuningdek, 6,9 millimetrlik qalinligi va 129 grammlik og‘irligi bilan iPhone 6’ga o‘xshaydi. Narx jihatidan esa undan qariyb uch baravar arzon — 265 dollar (iPhone 6’ning narxi — 700 dollar).
Lenovo S60
Lenovo S60’ning rangli variantlarini iPhone 5c bilan, qora va oq rangdagilarini esa iPhone 6 bilan adashtirib yuborish mumkin. 128 g og‘irlik, 7,7 mm qalinlik, 5 dyuym va 720×1280 pikselli ekran, 2 Gb tezkor xotira (iPhone’da 1 Gb), 13 megapikselli kamera (iPhone’da 8 MP) uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u iPhone’dan ancha arzon turadi — 220 dollar.
ZTE Blade X7
Ushbu qurilma tashqi jihatdan iPhone’ning aynan nusxasi bo‘lmasa-da, unga juda o‘xshaydi. Texnik xususiyatlari bo‘yicha Xitoy smartfoni iPhone’ni ortda qoldiradi: 2 Gb tezkor xotira, 120 g og‘irlik, 5 dyuymli ekran va hokazo. Narxi esa 190 dollar.
ZTE Blade S6
Bu smartfonga esa hatto Home tugmasini ham joylashtirishdi. Qurilmaning hajmi iPhone 6’nikidan sal kichikroq va plastik detallardan xoli. ZTE Blade S6’ni 202 dollarga xarid qilish mumkin.
Meizu M2 Note
Mazkur qurilma o‘z ichiga iPhone 6, Samsung Galaxy S va boshqa turli brendlar sifatlarini olgan. Uning ekrani ostidagi tugma Home hamda Galaxy’ning markaziy tugmasi “chatishmasi”dir.
Meizu M2 Note’ning rasmiy narxi — 250 dollar, bu iPhone 6 narxining uchdan biriga tengdir.
teXet iX-maxi
Rossiyaning teXet smartfoni ikki xil — maxi va mini versiyalarda chiqarildi, ularning birinchisi iPhone 6, ikkinchisi iPhone 5c’ga juda o‘xshash. Yuqori va pastki qismdagi plastik detallar, korpus shakli, kamera, mikrofon, vspishka, dinamikning joylashuvi, ramka va ekran iPhone’ni to‘liq takrorlaydi. Biroq Rossiya smartfoni 180 dollar turadi, bu esa iPhone 6 narxining chorak qismiga teng.
Noyabr oyida esa bozorga iPhone 6’ning yana bir replikasiga aylanishi kutilayotgan HTC One A9 chiqadi.

 


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6798 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Iphone 6
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное