Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 6S va iPhone 6S Plus savdosi yangi rekordlarni o‘rnatishi mumkin

O‘tgan dam olish kunlari boshlangan iPhone 6S va iPhone 6S Plus savdosi 10 mln donadan ortishi mumkin, deya xabar qilmoqda Bloomberg.
Apple mazkur ko‘rsatkich bilan 2014 yilda iPhone 6 o‘rnatgan rekordning yangilanishini kutmoqda.
Reuters agentligining qayd etishicha, kompaniya ular sotilishi boshlangandan so‘ng dastlabki 24 soat ichida qancha miqdorda buyurtma olingani bo‘yicha raqamlarni ma’lum qilganicha yo‘q. Biroq tahlilchilar taxminiga ko‘ra, dastlabki kunning o‘zidayoq 4,5 mln dona mahsulotga buyurtma kelib tushgan (2014 yilda iPhone 6ga 4 mln dona buyurtma berilgan).
Apple bosh direktori Tim Kuk 8 sentyabrda yangi iPhone 6s va 6s Plus smartfonlarini namoyish qilgan edi.
Shartnoma bilan xarid qilinganida, ular narxi iPhone 6s uchun 199 dollar, iPhone 6s Plus 299 dollarni tashkil etadi. Buyurtmalarga esa 12 sentyabrdan ruxsat berilib, savdoda 25 sentyabrdan chiqarilishi rejalashtirilgan.
Marketing bo‘yicha Apple vise-prezidenti Filipp Shillerning ta’kidlashicha, yangi iPhone`larda avvalgi modellar ekrani cho‘ntakda qirilib ketgani sababli ko‘pchilik foydalanuvchilar e’tirozlariga sabab bo‘lgan ekran qismi yangilangan oynalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, iPhone`ning navbatdagi mahsuloti A9 protsessorlari, 5 va 12 megapikselli kameralar bilan ta’minlangan. Force Touch kompaniyaning yangi texnologiyasi bo‘lishi mumkin: ekranni kuchliroq bosish bilan smartfonning yangi vazifalariga yo‘l ochiladi, deya oydinlik kiritdi Financial Times (FT).
Bunday texnologiya ilk marotaba Apple Watch soatlarida qo‘llangan edi. Shuningdek, 16 sentyabrdan chiquvchi iOS 9 operasion sistemasi orqali foydalanuvchilar onlayn reklamalarni bloklovchi maxsus mobil ilovalarni yuklab olish imkoniga ega bo‘lishadi.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2461 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 6s, iPhone 6s Plus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное