Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 6s smartfonlari savdosi 10ta davlatda rasman boshlandi

Apple kompaniyasi 25 sentabr kuni o‘zining yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini dunyoning 10ta davlatida sotishni boshladi. Avstraliya, Britaniya, Germaniya, Gonkong, Kanada, Xitoy, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Singapur, Fransiya, Yaponiya va AQSh fuqarolari birinchilardan bo‘lib qurilmalarni sotib olish imkonini qo‘lga kiritishdi.
RIA “Novosti”ning xabar qilishicha, Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi Apple Store tirbandliklar kuzatilmayapti. “Bu safar yangi modellarga oldindan buyurtma berish mumkin. Shu sababli bu yerda unchalik ko‘p odam yig‘ilmadi”, - dedi savdo nuqtasi xodimi.
Eslatib o‘tamiz, Apple bosh direktori Tim Kuk 8 sentyabrda yangi iPhone 6s va 6s Plus smartfonlarini namoyish qilgan edi.
Shartnoma bilan xarid qilinganida, ular narxi iPhone 6s uchun 199 dollar, iPhone 6s Plus 299 dollarni tashkil etadi. Buyurtmalarga esa 12 sentyabrdan ruxsat berilgan.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3274 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iPhone 6s, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
9222366 Manam bitta olaman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное