Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 6s, 6s Plus va iPad Pro haqidagi ilk taassurotlar

Apple kompaniyasining sentabr oyidagi ko‘rgazmasi yangiliklarga boy bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Unda iPhone 6s va 6s Plus smartfonlaridan tashqari katta 12,9 dyuymli ekranga ega bo‘lgan iPad Pro plansheti, Siri ovozli yordamchini qo‘llab-quvvatlaydigan Apple TV hamda pushti-tillarang korpusdagi Apple Watch Sport taqdim etildi.
iPhone 6s va 6s Plus
Yangi rangdagi korpus. Yangi S modelidagi smartfonning hajmi oddiy iPhone 6 smartfonidan farq qilmaydi. Qo‘lingizdagi smartfon yangi model ekanini tashqi tomondan faqatgina 2 belgi: smartfonning orqa qismidagi S harfi hamda korpusning yangi rose gold rangli turi ham bor ekanligi orqali ko‘rishingiz mumkin.
Smartfonning pushti-tillarang ko‘rinishdagi turi iPhone 5C’dagi kabi rangda emas. Ushbu rangdagi smartfon yetarli darajadagi yorug‘lik tushgan vaqtdagina pushti ekani seziladi. Boshqa rakursda u tillarang yoki kumushrang bo‘lib ko‘rinadi.
Barmoq bosish turini aniqlash. Apple bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi iPhone’da ishlatilgan 3D Touch texnologiyasi iPad’ga o‘rnatilgan Force Touch funksiyasidan farq qiladi. Force Touch’da barmoq bosish kuchi e’tiborga olingan bo‘lsa, yangi 3D Touch texnologiyasida uning davomiyligi hisoblanadi.
3D Touch orqali bajariladigan funksiyalar ko‘p. Ulardan biri ilova belgisini uzoq muddat ushlab turish orqali eng ko‘p ishlatiladigan harakatlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari xabarlar ilovasi ichida alohida suhbatlar yoki biror bir aloqa raqamidan xabarlar oynasi ustida foydalanish mumkin. Shuningdek, yangi Live Photos suratlarni bosish orqali kichik video ko‘rish mumkin.
Yaxshilangan kamera. Yangi iPhone’ga avvalgi smartfonlardagi 8 Mp.li asosiy kameradan farqli ravishda, 12 Mp.li kamera o‘rnatildi. Uning fokus tezligi avvalgi kameraga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Shuningdek, smartfonning old kamerasi ham 5 Mp.ga o‘zgardi. Endi uning yordamida selfi tushish yoqimli jarayonga aylanadi. Selfining yaxshi chiqqanligi tekshirish uchun 3D Touch orqali emergency selfie funksiyasidan foydalanish mumkin.
iPad Pro
O‘lchamlar. Yangi iPad Pro’ning o‘lchamlari sezilarli darajada kattalashgan. Bu planshetni qo‘lga olib ishlatish jarayonidan ko‘ra uni avvalgi modeldagi (iPad Air 2 va iPad mini 3) planshetlar bilan yonma-yon qo‘yib solishtirish vaqtida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, iPad Pro katta o‘lchamli planshetdan ko‘ra, noutbukda bajariladigan vazifalarni bajarish uchun muqobil qurilmaga yaqinroq. Bunga uning narxi MacBook Air’nikiga yaqin bo‘lgani ham asos bo‘ladi.
Yangi iPad Pro’ning yana bir ustunlik tomonlaridan biri – unda to‘rtta dinamik borligi. Biroq uni bitta qo‘l yordamida ishlatish foydalanuvchiga biroz qiyinchilik tug‘diradi.
Qalam. Stiv Jobsning stilus hech kimga kerak bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari surganligiga qaramay, yangi iPad Pro Apple Pencil bilan ishlash imkoniga ega. U ko‘rinishidan oddiy qalamni yodga soladi. Uning yordamida rasm chizish foydalanuvchiga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qiziq tomoni, planshet korpusida “qalamcha”ni ilib qo‘yish uchun joy mavjud emas va bu uni osongina yo‘qotib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin.
Klaviatura. Turli xildagi ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan planshet ulanadigan klaviaturaga ega bo‘lishi tabiiy. Uning tugmalari bo‘rtib chiqqan. Unda ishlash foydalanuvchiga juda qulay. U planshetga magnit konnektor orqali ulanadi va uni alohida quvvatlash shart emas.
Planshet g‘ilofi yopilgan vaqtda ikki qatlam bo‘lib taxlanadi: birinchisi – klaviatura, ikkinchisi – g‘ilof. Buning natijasida g‘ilofi yopilgan planshet biroz qo‘pol ko‘rinishga kiradi.
Ko‘p vazifalik. Yangi iPad Pro’da bitta ekranda ikki ilovadan bir vaqtda foydanish mumkin. Ushbu funksiya o‘ngdan chapga “svayp” harakati orqali amalga oshiriladi. Ushbu funksiya ikki xil: bir ilova ekranning 3/4, boshqasi 1/4 qismini egallagan holatda yoki ikki ilova ham ekranni teng bo‘lishgan ko‘rinishda ishlaydi.
Apple Watch
Hozirda kompaniya Apple Watch’ning 2-versiyasini taqdim etmadi. Biroq alyumin korpus Apple Watch Sport’ning pushti hamda tillarang pushti ko‘rinishdagi turlarini namoyish qildi.
Gadjetning poliuretanli “kamarcha”sining ranglari soni ortdi va ba’zi do‘konlarda cheklangan miqdordagi Hermes “kamarcha”si ham sotuvga qo‘yiladi.
Xulosa o‘rnida Apple’ning yangi qurilmalari avvalgi avlodning qo‘shimcha kiritilgan va yaxshilangan ko‘rinishi deyish mumkin. Bundan tashqari, kompaniya o‘z mahsulotlarini turli toifadagi foydalanuvchilar chiqarishni boshladi. Ular orasida arzon bo‘lgan plastik mahsulotidan tayyorlangan versiya hamda barchadan ajralib turishni yoqtiradigan insonlar uchun cheklangan miqdordagi Hermes soat “kamarcha”si ham mavjud.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6256 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 6s, 6s Plus, iPad Pro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
shoxislom5758 Samsung z6rde
Like | 0
Babadjanov1954 Qoyil..Omad..lekin Menga Samsung qulayroq..
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное