Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlov nizomi e’lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlov nizomi e’lon qilindi.
Xalqaro ijodiy tanlovning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan eng yaxshi loyihani tanlab olishdir.
 
Ijodiy tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi. Unda haykaltaroshlar, arxitektorlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning boshlanish sanasi ommaviy axborot vositalarida tanlov shartlari e’lon qilingan kundan so‘ng aniqlanadi.
 
Tanlov natijalarini hakamlar hay’ati taqdim etadi. Hakamlar hay’ati tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Tanlov natijalari tashkiliy qo‘mita hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi saytida e’lon qilinadi.
 
Xalqaro ijodiy tanlov g‘oliblari tanlov natijalariga ko‘ra mukofot topshirish marosimiga taklif etiladi. G‘oliblarning yo‘l xarajatlari tashkiliy qo‘mita tomonidan qoplanadi.
 
Nizomda Samarqanddagi yodgorlik o‘rnatiladigan joy chizmasi: ajratilgan maydon va uning atrofi fotosurati, hududning asosiy rejasi ko‘rsatib o‘tilgan.  
Tanlov ishlari hakamlar hay’atiga tanishish uchun 2017-yil 31-martgacha quyidagi manzilga yuboriladi: Toshkent shahri, 100029, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi. Markaziy ko‘rgazmalar zali.
 
Telefon va faks: (99871) 252-26-50, 256-51-45.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2880 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Haykal, Islom Karimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное