Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. TisMarHan-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Klon-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Islom Karimovning o‘g‘li haqida nimalar bilamiz?


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimov o‘ziga tegishli haqni ololmay, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni sudga bergani haqida xabar bergan edik.

Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu xabarga, to‘g‘riroq qilib aytadigan bo‘lsak, Islom Karimovning o‘g‘li bo‘lgani haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritilishini so‘rab, murojaat qildilar. Boisi, doim Islom Karimovning ikki qizi bo‘lgani aytib kelingan. O‘g‘li haqidagi gaplarga esa mish-mish sifatida qaralgan.

Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Tatyana Akbarovnadan avval, 1960 yillar boshida Natalya Petrovna Kuchma bilan turmush qurgan. 1969 yilda esa ular o‘g‘il farzandli bo‘lishgan. Unga Pyotr deb ism berilgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, oilaviy munosabatlarga darz ketgan. Islom Karimov Tatyana Akbarovna Karimova bilan turmush qurgan. Ularning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 1972 yilning 8 iyul kuni, kenja farzand Lola Karimova esa 1978 yil 3 iyul kuni dunyoga kelgan.

Islom Karimovning 3 farzandidan 6 nabirasi bo‘lgan. Bulardan biri o‘g‘li Pyotrdan, qolgan 5 nafari qizlarining farzandlari. Gulnora Karimovaning Islom ismli o‘g‘li va Imon ismli qizi bor. Lola Karimova esa Maryam, Sofiya va Umarning onasi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr haqida rasmiy manbalarda 2017 yilning avgust oyigacha ma’lumot berilmagan. O‘sha vaqtlarda ishga tushirilgan Islom Karimov yodgorlik majmuasining saytidagi tarjimai holda Islom Karimovning farzandlari uch nafar, nabiralari esa olti nafar qilib ko‘rsatilgan.

Islom Karimovning birinchi rafiqasi Natalya Kuchma 2008 yilda vafot etgan. O‘g‘li Pyotr Karimov esa Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qilib keladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7131 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Islom Karimov, o‘g‘li, haqida, nimalar bilamiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sultonbek2018 tushunarli! Hurmatli adminlar,taklif va shikoyatlar bo'limiga izoh qoldiraolmayabman. Siz bu-yerda izoh qoldirish uchun royhatdan o'tishingiz lozim. Iltimos 2-daqiqa vaqtingizni ayamasdan saytimizda royxatdan o'ting deyilgan,bunga nima sabab? Royhatdan o'tganmanku! 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI 8oI
админro'yhatdan o'tgan hamma taklif berish bo'limiga izoh qoldirishi mumkin!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное