Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Pazanda - Im Loving You
. Merlin-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Ayol Qalbi - True Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Великолепный Век-Soundtreck 3
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Jahongir Poziljonov: “Otamning tarsakisi hayotimni o‘zgartirdi”

“Ikki avlod” sahifasiga jurnalist sifatida loyihada ishtirok etayotgan  olib O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaevning taklifi bilan “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonovni taklif qildik. Lutfulla Sa’dullaevning fikricha bu intervyu shu paytgacha bo‘lgan suhbatlar orasida eng dangali bo‘ldi.
Lutfulla Sa’dullaev, O‘zbekiston xalq artisti:

— “Bojalar”ning qo‘shiqlari meni hayotga qaytargan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan bir necha yil ilgari og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazganimda “Bojalar”ning “Janona”, “Mani moshinam” nomli qo‘shiqlarini eshitib yotardim. Bu qo‘shiqlar menga yod bo‘lib ketgan. Bugun Jahongirdan so‘ramoqchi bo‘lgan savollarim, san’atiga nisbatan fikrlarim juda ko‘p. Demak, boshladik!

Lutfulla Sa’dullaev: Avvallari “Bojalar” guruhining muxlisi edim. Hatto Hindistonda og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazganimda ham faqat sizlarning qo‘shig‘ingizni eshitganman. Lekin o‘tgan yillarda “Bojalar”ning ijodi umuman o‘zgarib ketdi. Avvalgidek qo‘shiqlar yo‘q.

Jahongir Poziljonov: To‘g‘ri, bugungi qo‘shiqlarim avvalgilardan butkul farq qiladi. Hozir asosiy e’tiborni quvnoq, tinglovchiga kayfiyat ulashadigan qo‘shiqlarga qaratganmiz. Chunki tinglovchilarning talabi shunday bo‘lib qolgan.

L.S.: Lekin qo‘shiqlaringda e’tibor mazmunga emas balki ritmga qaratilgan. Buni ham yoshlarning talabi dersan, lekin sen san’atkorsan. Hadeb talabning ortidan quvishing qanchalik to‘g‘ri.

J.P.: Siz aytayotgan fikrda jon bor. Hatto ko‘pchilik tinglovchilar yonimga kelib, aytayotgan qo‘shig‘ingizda nima deyotganingizni o‘zingiz tushunasizmi deyishadi. Tan olaman, men aytayotgan qo‘shiqni ko‘pchilik tushunmaydi. Lekin siz aytgandek qo‘shiqning ritmi, ohangi uchun eshitadiganlar ko‘p. Yaqinda bir odam bilan gaplashib qoldim. Seni qancha tanqid qilishmasin, qo‘shig‘ingda ma’no yo‘q deyishmasin baribir odamlar eshitadi. Tinglovchi ham o‘ziga nima kerakligini yaxshi biladi. Odamga tinglayotgan qo‘shig‘iga qarab baho berish noto‘g‘ri degan fikrni aytdi. Balki noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgandirman. Agar kun kelib odamlar meni butkul rad etib, esdan chiqarish darajasiga yetib kelsam, yo‘nalishimni o‘zgartirarman.

L.S.: Ota-ona, xiyonat haqidagi qo‘shiqlaringni boshi bor-u, oxiri yo‘qdek. Bu shunchaki jiddiy mavzuda ham kuylay olaman deganingmi?

J.P.: Bilmadim, besh barmog‘imiz barobar bo‘lmagani kabi fikrlarimiz ham bir xil emas. Ota-ona haqidagi qo‘shig‘imizga kelsak aynan shu qo‘shiq mavzu o‘zimning hayotidan olingan. Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Bolaligimda mahallamizdagi novvoyxonadan non o‘g‘irlab chiqqanman. Aslida qilayotgan ishim og‘irlik ekaniga ham aqlim yetmagan. Buni esa mahalla oqsoqoli ko‘rib qolib, dadamning yonlariga olib borgan. O‘shanda dadamdan yegan tarsakim hayotimni butkul o‘zgarib yubordi. Yaxshi bilan yomonni, gunoh bilan savobning farqiga boradigan bo‘ldim. Qo‘limdan ish kelib, otamga suyanchiq bo‘ladigan, duolaridan oladigan vaqtimda otam olamdan o‘tib ketdilar. Ota-ona bir umr halol mehnat bilan farzandlarini oq yuvib oq tararkan-u, endigina rohatini ko‘raman deganda... Men qo‘shiqda ayni shularni tasvirlamoqchi bo‘lganman. Chunki bu nafaqat meni balki qanchadan qancha tinglovchilarning yuragidagi armon.

L.S.: Hozir gaplaringni eshita turib o‘zim bir vaqtlar otamdan yegan tarsakim esimga tushdi. O‘zing farzandlaringga qanday otasan. Darvoqe, sen ham shou biznesdagi serfarzand otalardansan. Ularning tarbiyasiga qanchalik vaqt ajrata olasan?

J.P.: (kulib) Farzandlarim 4 nafar bo‘lishgan. To‘g‘risini aytsam ularning tarbiyasi bilan asosan keliningiz shug‘ullanadi. Bo‘sh vaqtimni albatta ular bilan o‘tkazishga harakat qilaman. Katta qizim Rayhon hozirdanoq san’at yo‘lidan ketishni niyat qilgan. Boshida bunga qarshilik qildim. San’atkorlik qiyin kasb, qiynaladi dedim-u keyin o‘ylab qoldim. Qaysi kasb oson axir? Hamma sohaning ham o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqatlari bor. To‘g‘risi qo‘shiq aytish, san’atga bo‘lgan qiziqish shunchaki xavas deb bunga unchalik jiddiy e’tibor bermasdim. O‘tgan yili tug‘ilgan kunimda qizim qo‘limga disk tutqazdi. Mashinamga chiqib eshitib ko‘rsam “Moy papa xoroshiy” degan qo‘shiq kuylabdi. Qizimning ilk qo‘shig‘ini eshityapman-u yuragim xapqirib ketyapti. Shu qo‘shiqdan keyin qiziqishlariga qarshi chiqmadim. Hatto birga duet kuylash taklifini berdim. Lekin rozi bo‘lmadi. “Hali ko‘rasiz, men o‘zim “yulduz” bo‘laman. Meni Jahongir Poziljonovning qizi deyishlari kerakmas” deb aytdi. To‘g‘risi shu gapidan ham xursand bo‘ldim. O‘g‘illarim esa san’atkor bo‘lishmasa kerak. Ikkisi ham sportga qiziqadi. Men ularni futbolchi bo‘lishini istardim. Ko‘ramiz, qaysi bir qaysi sohadan ketishini vaqt ko‘rsatadi. Eng muhimi menga doim rahmat eshittiradigan farzandlar bo‘lishsin.

L.S.: Bir kuni yonimga o‘g‘lim kelib “dada to‘ylarda qo‘shiq aytayotgan ekansiz, to‘yga chiqishingiz shartmi, tanishlarim gapiryapti” deb qoldi. “O‘g‘lim men shuncha yil san’atimni ortidan sizlarni katta qildim, ro‘zg‘or tebratdim. Axir bularning hammasi shu san’atim evaziga bo‘lgan-ku” dedim. O‘sha-o‘sha o‘g‘lim gapirmaydigan, aksincha tanish-bilishlarining to‘yiga borib bering deydigan bo‘ldi. Aytmoqchi bo‘lganim kun kelib “dada falon rolingiz menga yoqmadi” desa sen qanday holatga tushasan!

J.P.: (o‘ylanib) Javobim bitta. Yoqmasa familiyangni o‘zgartir o‘g‘lim deyman. Tushunaman, farzandlar yoshligiga borib otasiga ko‘p gaplarni nojo‘ya gapirib qo‘yishadi. Bunday holat o‘zimning ham boshimdan o‘tgan. O‘zingizga ma’lum dadam butun umr oshpazlik qilganlar. Ovqatga kerakli mahsulotlarni ham bozordan o‘zlari olib kelardilar. Bir kuni qo‘llarida kartoshka piyoz olib kelayotgandilar. “Dada qo‘lingizdagilarni menga bering, odamlar nima deydi, bolasi turib, otasi ko‘tarib kelyapti deb aytmaydimi?” dedim. “Uyalyapsanmi? Uyalsang familiyangni o‘zgartirib yuboraqol” deganlar. Mana shu gap butun umr yodimda qolgan.

L.S.: Kel filmlaring haqida gaplashaylik. Ochig‘i sendan minnatdorman. “Amakivachchalr” nomli filmingni o‘ynagan rolim meni yosh muxlislarimni qaytarib berdi. Hozir qaysi maktab yoki kollejga bormay bolalar shu rolimni eslatishadi. Film ancha tanqid qilingan bo‘lsa-da, bu tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmading. Filmlaring hali ham o‘sha-o‘sha.

J.P.: Tanqidga uchragan narsa shirin bo‘ladi. (kulib) Bilasizmi men tanqiddan emas balki tanqid qilmasliklaridan qo‘rqaman. Biroq vaqt gazeta jurnallarda men tanqid qilmay qo‘yishsa, bularning esidan chiqib qolyapman shekilli deb yana tanqidga uchraydigan narsa yaratishga harakat qilaman.

L.S.: Hamkasblarimiz orasida tanqidni to‘g‘ri qabul qiladiganlar kam

J.P.: Boshqalarni bilmadim-u men tanqidlardan mazza qilaman. Aytganingizdek bir-ikkita san’atkorlar gazeta yoki internet saytlarida o‘zi haqidagi tanqidlarga ko‘zi tushsa, nega bunday yozishadi deb jahli chiqadi. “Kimgadir halal beryapsanki, odamlarning e’tiboringi tortyapsanki boshqalar qolib seni yomonlashyapti. Agar bilsang chet elda jurnalistlarning yomonlab, tanqid qilib yozganiga alohida haq to‘lanadi. Seni tekindan tekinga reklama qilyapti”deyman. Dadam aytardilar: biro ishni boshladingmi kimdir kelib nega bunday qilyapsan desa e’tibor berma, lekin qilayotgan ishingga hech kim fikr bildirmay, e’tibor bermasa o‘sha ishni yeg‘ishtirib boshqa ish bilan shug‘ullanaver. Bu gaplarni hayotimda juda ko‘p qo‘llayman.

L.S.: Seni 15-20 yildan keyin qanday bo‘lishingni, qanday qo‘shiq kuylashingniyu qanday rol o‘ynashingni tasavvur qilolmayman. O‘zingchi?

J.P.: Yaqinda bir to‘yda boshingizga shlyapa kiyib, bo‘yningizga sharf tashlab, qora ko‘zoynak taqib Nuriddin Haydarovning qo‘shiqlarini kuylayotganingizni ko‘rib qoldim. Uzoq qarab turdim-u yonimdagilarga qarab, mana men dedim. Menimcha yoshim katta bo‘lsam sizga o‘xshasam kerak.
L.S.: Javobingdan xursand bo‘ldim. Bilasanmi yillar hamma narsani o‘zgartiradi. Tan olish kerak bugun “Bojalar”ning o‘rnini boshqa guruhlar egallagan. Buning sababini nimada deb o‘ylaysan?!

J.P.: Yongan olovning bir so‘nishi bor. Bu men uchun musibat emas. Chunki “Bojalar” ham qachonlardir kimningdir o‘rnini egallagan. San’atdagi bunday davr almashinuvini to‘g‘ri tushunaman. Aksincha bizning o‘rnimizga chiqib kelayotgan guruhlar faoliyatini yaxshilab o‘rganaman. Qo‘shiqlariga hatto muxlisman. Misol uchun “Ummon” guruhini olib qaraylikyu Har bir qo‘shig‘i xit, tinglovchilarning tilida. Bu esa ularning muvaffaqiyatidan dalolat. Yaqinda Buxoro viloyatida konsert berdim. Konsert beradigan stadionga 600 ta odam to‘planibdi. Bir kun avval esa huddi shu stadionda “Ummon” guruhi konsert  bergan. Konsertga 20 mingta tomoshabin tashrif buyurgan. Men bundan faqat quvonaman. “Ummon” guruhi yigitlari bu muvaffayatlarga huddi biz kabi o‘z kuchlari, mehnatlari bilan erishishdi. Yo ularni tanqid qilganlar kammidi?

L.S.: Kun kelib seni umuman unutishsachi?

J.P.: Bunga san’atga kirishdan avval tayyor bo‘lganman. Men qiyinchilik ko‘rgan, mehnatning yukini ko‘targan yigitman. Kun kelib san’atdan ketish kerak bo‘lsa ham hech ikkilanmay ketgan bo‘lardim. O‘z vaqtida oshpazlik ham qildik, biror zavodda ham bemalol ishlab keta olaman va bundan uyalmayman ham. Axir mehnatdan odam hech qachon o‘lmagan-ku.

Jahongir Poziljonov, xonanda:

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev bilan bo‘lib o‘tgan suhbat men uchun ancha jiddiy ruhda kechdi. Har holda ko‘p jurnalistlarg aytolmaydigan gaplarimni ular bilan bo‘lishdim. Ijodimga, o‘ynayotgan rollarimga shunchaki befarqmasliklaridan quvondim.

 
Loyiha muallifi: Qamariddin ShAYXOV
Fotomuxbir: Bekzod Mirsodiqov


Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 12647 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jahongir poziljonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
azizkhan770 gap yu zor suhbat bopti
Like | 0
bahrullo O‘z vaqtida
oshpazlik ham qildik, biror zavodda ham
bemalol ishlab keta olaman va bundan
uyalmayman ham. Axir mehnatdan odam
hech qachon o‘lmagan-ku. Хакикий инсон гап йук
Like | 0
Yunus0655 Jahongir aka menga hayotni boricha qabul qila oliwiz yoqdi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное