Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jasur Umirov va Jahongir Poziljonov – bachkanalik marrasiga yetganlar

“Biz estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berishimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan “asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilish, “yulduzlik” kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta”.
Islom Karimov, 
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan
 
Bugun shou-biznes haqida so‘z borganda so‘nggi yillarda uning ancha rivojlangani, yangidan-yangi ovozlar paydo bo‘lgani, yillar davomida yashab qoladigan qo‘shiqlar yaratilayotganini alohida e’tirof etib o‘tish o‘rinli. Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridik ba’zan mazmunan sayoz va tinglovchiga badiiy estetik zavq, tarbiya bera olmaydigan qo‘shiqlar va kliplar ham uchrab turadi. Xonanda Jasur Umirovning “Kabutarim” va “Bojalar” guruhining “Voy boshim” nomli qo‘shiqlarini eshita turib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlangan yuqoridagi fikrlar xayolimizdan o‘tdi. Asar chop etilganiga bu yil 8 yil to‘layotgan bo‘lsa-da, unda keltirilgan fikrlar hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, kundan-kunga muhim ahamiyat kasb etib borayapti.

Jasur Umirov quloqni qomatga keltirgudek ovoz sohibi bo‘lsa ham yoshlar orasida e’tiborga tushgan, qo‘shiqlari bilan minglab yosh-yalang muxlislar orttirishga ulgurgan xonanda. Uning qo‘shiqlari TV va radio efirlarida tinimsiz beriladi. Xonandaning “Kabutarim” nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipi shu kunlarda ko‘plab tinglovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Qo‘shiq so‘zlariga bir e’tibor bering.

Bir kun ertalab turib, mashinamda aylanib,
Bir-bir aylanay dedim, quyosh nurida tovlanib.
Oloy bozor tomonda, “Alayskiy” tomonda,
Bir qizni ko‘rib qolib, kapalagim uchdi mani.
 
Orqasidan man yugurib, “yulduz”ligim esdan chiqib,
Qizlarga yoqar gaplarni tinmayin unga so‘zladim.
O‘rtada bir kulib oldi, bir “seryozniy” bo‘lib oldi,
Qizgina ismin so‘rasam, eski tanishim ekan.

Jasur Umirov kuylagan narsani qo‘shiq deyishga tilimiz bormay turgandi. Uning so‘zlarini qog‘ozga tushirib she’r degan nomga loyiqmasligiga ham amin bo‘ldik. Qiziq, muhabbatning ta’rifiga jargon so‘zlardan boshqa tuzukroq tasniflar topilmadimi? Umirov qo‘shiqda  “yulduz”ligini ro‘kach qilguncha, arzirli so‘z topib aytsa yaxshi bo‘lmasmidi? Qo‘shiqni tinglab turib maktab o‘quvchilar uchun aytilgandirda deging keladi-ku biroq, bugungi intellektual jihatdan rivojlangan maktab o‘quvchilari uchun ham bu qo‘shiqning saviyasi ancha pastdek... Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Jasur Umirov qo‘shiqni qaysi auditoriya uchun kuylagan ekan?
Qo‘shiq tinglovchining asabini egovlagani yetmagandek, unga ishlangan video klip odamni jazavaga tushirishi hech gap emas. Bir vaqtlar xonanda Bunyodbek Saidov “Million qizlar” deb kuylab chiqqandi. Uning klipida ham o‘zbek qizlari Bunyodning ortidan quvishardi. Bu gal navbat Jasurga tegibdi. Qiziq, real hayotda ham Jasur Umirovning ortidan o‘zbek qizlari shunday quvarmikan? Jasur qo‘shiq va klip orqali tomoshabinga nima demoqchi bo‘lgan. “Kubutarim”, “Olmaxonim mani” deb atalayotgan qizning kamera qarshisidagi raqsini o‘zbek qizlariga xos xatti-harakatlar deyish mumkinmi?
 
Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. Jahongir Poziljonovning ijodi haqida so‘z ketganda negadir shu gaplar yoddan o‘tadi. Necha yillardan buyon xonandaning qo‘shiqlari tanqid qilinib, milliy estrada san’atining talablariga javob bermasligi bot-bot takrorlansa ham natija sezilmaydi. Xonandaning “MY5” telekanali orqali efirga berib borilayotgan “Voy boshim” nomli qo‘shig‘ini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Qo‘shiqda na ma’no bor va uni aytishdan maqsad. So‘zlar musiqaga tushsa bo‘ldi, nima aytilyapti, unda mazmun, qofiyaning bor yo‘qligi hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
O‘zbekistonning boy madaniy merosini targ‘ib etish, yoshlarda Vatanga muhabbat hissini shakllantirish asosiy maqsadi bo‘lgan “MY5” telekanali badiiy kengashi a’zolarining ko‘zi qaerda? Yo klipni namoyish etish uchun telekanalga  to‘lanayotgan mablag‘ har qanday e’tirozlarni puchga chiqaryaptimi? Nahot, Jasur Umirovning “Kabutarim”ini efirga berishga noloyiq deb topgan badiiy kengash a’zolarining Poziljonovga kelganda tishlari o‘tmay qolgan bo‘lsa? “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘tgan yilning avgustida bundan buyon radio va TV efirlari orqali beriladigan qo‘shiqlarni nazoratga olishi, saviyasiz qo‘shiqlar badiiy kengashlardan o‘tmasligini ma’lum qilgan edi. Xo‘sh, bu gaplar amaldagi isbotini topmay qolib ketaveradimi?

Istiqlol yillarida O‘zbekistonda ma’naviyatni yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash, yoshlar ongini turli xil yot g‘oyalardan himoya qilish, boy madaniy tariximizni asrab-avaylash masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu yo‘lda ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining negizida ertangi kun yaratuvchisi bo‘lgan yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan asrash masalasi yotibdi. San’atkorlar va ularning tutruqsiz qo‘shiqlari bilan efir vaqtlarini to‘ldirib borayotgan telekanallar bu ishda mas’ul ekanliklarini, yoshlar, minglab tinglovchilar ulardan o‘rnak olayotganini unutmasalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Axir qo‘shiq xit bo‘lib, unga odamlar tinimsiz raqsga tushib, to‘y-hashamlarning eng sho‘x yallalaridan biri bo‘ldi degani san’atkor xalq oldidagi burchini ado etdi degani emas.

Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5863 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bachkanalik, jahongir poziljonov, Jasur Umirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Laylo Божалар гурухини барча кушиклари ажойиб раксбоп,овози хам зор. Кушигини тинглаган инсонни кайфияти хам кутарилади.У кушикларини ёшларга ёксин деб куйлайди,ёмон ниятда эмас.нега доим Жахонгир позилжоновни танкид килаверишади.у шу даражагача етишгунича озмунча мехнат килдими?ундан кура хозирги овози йок,пули бор янги санъаткорларга гапиришсин.
Like | 0
Alibek89 Tanqid xonandani zo'rligini ko'rormaganla qiladi :p
Like | 0
samiya Namuncha hamma bojalar guruhini tanqid qiluradi? bunde ma'nosiz qo'shiqla son sanoqsizku masalan Munisa.R.ni sakramentosi Farruh.H.ni pari parisi bulani ohiri yo'q yoki bu honandala ko'kidan berib qo'yadimi? Umida degan honandani ham qo'shiqlaridan umuman ma'no yo'qkuuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное