Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jamila G‘ofurova: “ilk marta dastxat berganimda kulguga qolganman”

Aktrisa Jamila G‘ofurova muxlislariga ilk marta dastxat bergan davrlarni yodga oldi. 
“Ilk dastxat... haqiqatdan ham ajoyib va hayajonli damlar. Lekin bilasizmi, birinchi marta dastxat berishim antiqa kechgan. Chunki u paytlar meni hech kim tanimasdi. Ilk bor 17 yoshimda “Dilhiroj” filmida suratga tushyapmiz. O‘shanda Sevinch Mo‘minovaning dugonasi obrazini ijro etganman.
Suratga olish maydonchasida tursak, bir guruh yoshlar kelib, birma-bir dastxat ola boshlashdi. Yonimda Sevinch bor edi, hamma uni taniydi va qo‘shiqlarini eshitgan, uning muxlisi ko‘p. Biroq, yigit-qizlar kelib, mendan ham dastxat ola boshlashdi. Shunda men hayajonlanganman, ilk dastxatimni bir qizga berganman. Lekin eng qizig‘i—o‘shanda dastxat yozayotgan paytda chiroyli tilak yozib, qo‘l qo‘yish kerak bo‘lgan ekan. Men bo‘lsam, ism-familiyamni yozib, qo‘l qo‘yib beravergan ekanman. Keyin esa buni eshitganlar anchagacha kulib yurishdi.
‘Kino chiqmasidan mashhur bo‘lib ketdingiz-ku’,deb uzoq vaqt eslab yurishdi”,—deya hikoya qiladi aktrisa “Sabo gazetasi"ga bergan intervyusida.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8934 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ilk dasxat, Jamila G‘ofurova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное