Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Jasadi 2 kun mashinada olib yurilgan ayol” haqidagi xabar rad etildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o‘ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur voqea bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov munosabat bildirib, asl holat qandayligini ochiqladi. 

Joriy yilning 9 iyun kuni Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan J.D. (ayol) erta sahardan kuchli bosh og‘rig‘i hamda to‘xtovsiz qayd qilish oqibatida, turmush o‘rtog‘i X.O. tez yordamga murojaat qilgan. Tibbiyot maskanida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ayol shu kuni soat 09:45 vafot etgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolga “Chap tuxumdon kistasi, ichki kon yo‘qotish, tuxumdon va bachadon tashqi homilasi, ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolari kam qonligi” tashxisi qo‘yilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda ayol murdasini turmush o‘rtog‘i tomonidan morgdan uyiga qaytarib olib kelgan holati qayd etilgan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2022 yil 14 iyul kuni jinoyat protsessual qonunchiligiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

Mazkur qaror qonuniyligi Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilingan va 3 avgust kuni komissiyaviy sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda ekspertiza o‘tkazilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1302 | Рейтинг: 0| Рейтинг: etildi, yurilgan, Kun, mashinada, Xabar, olib, Ayol, haqidagi, jasadi, rad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное