Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jurnalistning hibsga olinishiga Bayden ham aralashdi
AQSH Prezidenti Jo Bayden “The Wall Street Journal” muhbiri Evan Gershkovichning hibsga olinishi noqonuniy ekani, buning AQSH Davlat departamenti tomonidan tan olinishi esa vaziyatni o‘zgartirishini aytdi. Bu haqda u bugun, 11 aprel kuni Endryus bazasidan Shimoliy Irlandiyaga uchishidan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz sodir bo‘layotgan voqealar mutlaqo noqonuniy ekanini aniq aytmoqdamiz. Biz buni e’lon qildik va bu vaziyatni o‘zgartiradi”, degan AQSH rahbari.

Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u hibsga olingan jurnalistning oilasiga telefon qilmoqchi bo‘lgan, biroq bunga erisha olmagan. Shuning uchun Prezident ular bilan samolyotdan bog‘lanishga harakat qilishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Gershkovichni Amerika tomonining ko‘rsatmasi asosida Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plaganlikda ayblab, hibsga olgan edi. Unga qarshi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Josuslik) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi.WSJ va AQSH hukumati bu ayblovlarni rad etgan, davlat departamenti esa Rossiyadagi amerika fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. 2 aprel kuni esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali gaplashib, jurnalistni ozod etishni talab qildi. Kecha, 10 aprel kuni AQSH Davlat departamenti “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni nohaq hibsga olingan, deb e’lon qildi va mazkur qadam jurnalistni almashish bo‘yicha muzokaralar olib borishga potensial yo‘l ochishi aytildi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 641 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hibsga, olinishiga, aralashdi, Bayden, ham, jurnalist
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное