Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple jurnalistlarni ishga oladi

Apple News ayni vaqtda mavjud Newsstand ilova-dasturi o‘rnini egallashi kerak. Bu haqda, Apple saytida 13 iyun kuni paydo bo‘lgan bo‘sh ish o‘rni haqidagi e’longa asoslanib, Financial Times xabar bermoqda.
E’londa qayd etilishicha, muvaffaqiyatli nomzodlar “milliy, xalqaro va mahalliy yangiliklar orasidan eng yaxshi va eng yangi materiallarni topib, uzata bilishi kerak”.
Apple News muharrirligiga nomzodlar kamida besh yil yangiliklar xizmatida ishlash tajribasiga va “algoritmlar yordamida topish ehtimoli kam bo‘lgan original, qiziqarli hikoyalarni saralay olish” ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Financial Times’ning yozishicha, Apple mazkur vakansiya haqida batafsil axborot berishdan bosh tortgan.
Apple News ilovasi ishga tushirilishi haqida may oyi boshida ma’lum bo‘ldi. U foydalanuvchining qiziqishlarini eslab qolib, shu asosda yangiliklarni uzatuvchi agregator hisoblanadi.
Apple mazkur ilova-dastur faoliyatini ta’minlash maqsadida Financial Times, New York Times, The Guardian va The Economist kabi nashrlar bilan, ularning materiallarini qayta chop etish bo‘yicha shartnomalar imzolagan.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2559 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Apple, jurnalist
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
boburbek_97 Applega omad
Like | 0
samiya Zo'rkuuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное